Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Hud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HudQurʼonda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, u Od qavmidan boʻlib, oʻz qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilar boʻlib, Yaman va Ummon oʻrtasidagi Ahqof degan joyda yashagan. Ular butlarga sigʻingan, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼ-vat etgan Hudni tahqirlab, yolgʻonchi va aqli zaif deb atashgan. Hud oʻz qavmini agarda yolgʻiz Allohga ibodat qil-masalar avvalda oʻtgan sarkash qavmlarga boʻlgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantiradi. Ammo Od qavmi bari bir oʻz zalolatida davom etaverdi va Hudga itoat etmadi. Shundan soʻng Alloh 3 yil yomgʻir yogʻdirmay, qurgʻoqchilikka giriftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. Oʻz qavmining imon keltirishidan umidini uzgan Hud oʻziga imon keltirgan moʻminlar bilan Makkaga ketib oʻsha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli boʻron yuborib, hammalarini halok qildi ("Alhoqqa" surasi, 6—7-oyatlar).

Hud (alayhissalom)ning qissasi Qur'oni karimning ko‘p­gina suralarida kelgan, jumladan, A'rof, Hud, Mo‘minun, Shua­ro, Ahqof suralarida batafsilroq, Fussilat, Zoriyot, Qamar, Haqqo va Fajr suralarida esa qisqa tarzda keltirib o‘tiladi. Hud (alayhissalom)ning nasabi Nuh (alayhissalom)ga borib ta­qaladi.

Ba'zi tarixchilarning aytishiga ko‘ra uning shajarasi quyidagichadir: Hud ibn Abdulloh ibn Raboh ibn Xalud ibn Od ibn Avs ibn Iram ibn Som ibn Nuh. Uning qavmi Od qabilasi edi, ya'ni qabila uning bobosi ismi bilan atalardi. Ularning turar joylari Ahqofda bo‘lgan. Ushbu hudud hozir­da Arabiston yarimorolining janubida joylashgan Rub'al Xo­li hududiga to‘g‘ri keladi.

Hud (alayhissalom)ning qavmi but-sanamlarga sig‘inardi. Shunda Alloh taolo ularni Allohga ibodat qilishga buyurish va boshqa narsalarga sig‘inishdan qaytarish uchun Hud (alayhissa­lom)ni payg‘ambar qilib yubordi.

Aytiladiki: Hud (alayhissalom)ni Alloh taolo birinchi Od qabilasiga, Solih (alayhissalom)ni esa ikkinchi Od qabilasiga yuborgan. Oralarida taxminan yuz

yilcha muddat o‘tgan.

A'rof surasida Hud (alayhissalom)ning qavmlarini da'vat qilishlari, u kishiva qavmi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs-mu­nozaralar va kofirlarning yomon oqibati

haqida hikoya qilina­di.

Alloh taolo aytadi:

«Od qavmiga o‘z birodarlari Hudni (payg‘ambar qildik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o‘zga biron iloh yo‘qdir.

Axir qo‘rqmaysizlarmi?!» (Shunda) uning qavmidan kofir bo‘lgan odamlar: «Biz sening nodon ekanligingni ko‘rib turibmiz va albatta, biz se­ni

yolg‘onchilardan, deb o‘ylamoqdamiz», deyishdi. U aytdi: «Ey qavmim, men nodon emasman, balki men barcha olamlar Parvardigori tarafidan payg‘ambarman. Men sizlarga Parvardigorimning vazifalarini yetkazurman va men sizlar uchun ishonchli nasihat qilguvchiman». Sizlarga Parvardigori­ngizdan bo‘lgan eslatma ogohlantirish uchun o‘zlaringizdan bo‘lgan bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi? (Alloh) sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa (o‘rinbosar) qilib qo‘yganini va kuch-quvvatingizni ziyoda qilib yaratganini eslangiz! Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, shoyad najot topursiz. Ular:«Sen bizga, yolg‘iz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sig‘inib o‘tga butlarni tark qilishimiz uchun keldingmi? U holda, agar rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizga va'da qilaѐtgan narsangni keltirchi?» dedilar. U aytdi: «Endi ustingizga Parvardigori­ngiz tomonidan azob va g‘azab tushishi aniq bo‘ldi. Men bilan o‘zingiz va ota-bobolaringiz qo‘yib olgan nomlari ha­qida bahslashmoqchimisizlar? Axir Alloh biron hujjat tushirmagan-ku?! Endi ko‘z tutaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman». Bas, unga va u bilan birga bo‘lgan zotlarga o‘z rahmat-marhamatingiz bilan najot ber­dik va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarning dumlarini qirqdik. Ular mo‘min emas edilar»

Ya'ni, Biz Od qabilasiga nasab jihatidan o‘z birodari bo‘l­mish Hudni payg‘ambar qilib yubordik. U har bir payg‘ambar o‘z qavmiga aytganidek, shunday dedi: “Ey qavmim, Alloh taologa xolis ibodat qilinglar, but-sanamlarga sig‘inishni bas qiling, Zero, bu sizlarni halokat yoqasiga olib boradi”.


Andoza:Payg'ambar