Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Husayn Avni Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husayn Avni Bey
Husayn Avni Bey
Asl ismi Husayn Avni Ariburun
Tavalludi 1875
Manastir|Usmonlilar imperiyasi
Vafoti 13-avgust|1915-yil (39-40 yosh)
Gallipoli
Turkiya
Fuqaroligi Usmonlilar imperiyasi
Xizmatdagi yillari 1889-1915 yillar
Unvoni podpolkovnik
Qoʻmondonlik qilgan 57-piyoda polki (Usmonli imperiyasi)
Jang/urush Birinchi jahon urushi
Yunon-Turk urushi 1897 yil
Birinchi Bolqon urushi
Gallipoli kampaniyasi
Mukofotlari Majidiya ordeni
Otasi Ali
Onasi Fotima

Husayn Avni Bey (1874, Bitola — 1915 yil 13 avgust, Chanoqqal'a) — Gelibolu jangida Usmonli qoʻshinining 57-piyoda polki qoʻmondoni sifatida xizmat qilgan. Uning oxirgi unvoni - podpolkovnik boʻlgan (turkcha: Yarbay)[1] [2] [3].

Husayn Avni 1874 yilda Usmonlilar imperiyasi hududidagi Manastir shahrida (hozirgi Makedoniya Respublikasiga qarashli Bitola shahri) tug'ilgan. U taniqli va badavlat oiladan chiqqan - otasi Ali boʻlgan, tuman hokimi edi; Husaynning onasining ismi Fotima edi. Bu oilaning ajdodlari dastlab 15-asr boshlarida Turkiyaning janubidagi hozirgi Alaniyaga joylashdilar. 1420-yillarda ular Sulton Murod II boshchiligida Bolqonni zabt etishga qoʻshildilar va oʻz xizmatlari uchun Serbiyadan yer oldilar.

1889 yilda Usmonli imperiyasi qurolli kuchlarida harbiy xizmatni boshlaydi. 1892 yil 6 mayda harbiy maktabni tugatgach, ofitser bo'lib chiqadi - leytenant unvonini oladi. 1895 yil 8 avgustda lavozimi ko'tariladi. 1897 yilda u Yunoniston-Turkiya urushida qatnashib va o'sha yilning 23 mayida Prishtina shahrida shtab-ofitser sifatida ish boshlaydi. 1898-yil 10 yanvarda Husayn Avni kapitan lavozimiga ko'tariladi.

Husayn Avni Usmonli imperiyasi qurolli kuchlarining 57-polki qo'mondoni etib tayinlanganida, unvoni ham ko'tarilgandi - taxminan Yevropa qo'shinlarining mayoriga mos keladigan binboshi unvonini oldi. 57-polk Rodostoda mashg'ulot o'tkazayotganda, tarkibga zudlik bilan Gallipoliga ko'chib o'tish buyuriladi. 1915-yil 24-fevralda polk dengiz orqali (paroxodda) Maydosga yetib keladi. Husayn Avni Bey qo'mondonligi ostidagi polk ishtirok etgan 25-28 apreldagi janglardan so'ng u navbatdagi unvonini olib, podpolkovnik bo'ladi.

1915 yil 23 fevralda Miralai Shemi Beyning oʻrniga Tekirdogʻda joylashgan 57-piyoda polkiga komandirlik qiladi. Polk podpolkovnik Mustafo Kamol (Avnidan o'n yosh katta) tomonidan saralangan 19-diviziyaga qo'shilgandi. Polk Rodostoda mashg'ulot o'tkazayotgan edi, Dardanel bo'g'oziga hujumlarga javoban, 19-diviziyani o'z ichiga olgan III Korpusga Gallipoli yarimorolini mustahkamlash vazifasi yuklangan edi. Natijada, 1915 yil 21 fevralda 57-polkga Gallipoliga ko‘chishga buyruq berildi. 25 fevral kuni polk paroxodda Maydosga yetib keldi. 1915 yil aprelga kelib, 19-diviziyaning shtab-kvartirasi va bo'linmaning bir qismi Bigali (Bog'ali) qishlog'i yaqinidagi Eldegirmeni tekisliklarida, tayyorgarlik ko'rgan polklar Gallipoli yarim orolidagi Maltepe va Mersintepa hududlarida joylashgan edi. 1915 yil 25 aprel kuni ertalab ittifoqchi qo'shinlarning yarim orolga tushishi haqidagi xabarni olgan Mustafo Kamol qo'shin oldiga o'tadi. Avstraliya kontingenti tor bo'lakda hukmronlik qiladigan baland yerga qarab harakatlanayotganini aniqlab, u butun 57-ga qarshi hujumga o'tishni buyurdi: "Men sizga hujum qilishni buyurmayman, o'lishni buyuraman!" Biz o‘lgunimizcha o‘rnimizni boshqa askar va qo‘mondonlar egallashi mumkin”.

Avni o‘z polkiga boshchilik qilgan jangda og‘ir talafot ko‘rgan, lekin turklarning o‘ng qanotini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Jang haqidagi keyingi harbiy hikoyasida Mustafo Kamol Avnini mehribon, sadoqatli va yuksak hurmatga sazovor sarkarda sifatida tasvirlaydi.

1915 yil 13 avgustda podpolkovnik Avni o'zining qo'mondonlik punktida bomba portlashi oqibatida halok bo'ladi.

1915 yil 13 avgustdagi diniy bayram kuni ertalab polk ofitserlari salomlashish sifatida dala kasalxonasi yaqinidagi Anzak ko'rfaziga qaragan joydan foydalanishga qaror qilishdi, chunki ularning fikriga ko'ra, u dushman artilleriyasidan tashqarida edi. Biroq, gaubitsali snaryadlari 10 metr naridan portladi, keyin ikkinchisi to'g'ridan-to'g'ri ularning chodiri ustida portladi. Avni yarador bo'lib, qo'lini yo'qotdi. Uning o'lim chog'idagi so‘nggi so‘zlari: “Oilamga xabar bering, xalq omon bo‘lsin” edi. U 40 yoshda vafot etdi. O'rtoqlari shu yaqin hududga dafn etishdi. Uning o‘rniga mayor Xayri Bey 57-polk qo‘mondoni etib tayinlandi.

Mustafo Kamol Avnining o'limini bilib, qattiq qayg'uga tushdi, uning kiyim-kechak va shaxsiy buyumlarini oilasiga yuborishni buyurdi. Keyinchalik uning kiyimi, qilichi va ba'zi yodgorliklari oilasi tomonidan Istanbuldagi Harbiy muzeyga sovg'a qilingan. Bugungi kunda uning kiyimi Istanbuldagi Harbiy muzeyda ko'rgazmasida saqlanadi.

Oilasi va familiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Husayn Avni Bey o'g'li Mehmet Tekin Ariburun bilan

Husayn Avni oilasi 1934 yilda Turkiyaning “Familiya toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingandan soʻng “Ariburun” familiyasini oladi – unga koʻra, respublikaning barcha fuqarolari yangi familiya olishlari lozim edi. Ariburun so'zini Avni avlodlari mashhur bobosi qo'mondonligi ostida Gallipolida jang qilgan askarlarning qahramonliklari sharafiga qo'yishgan edi: Ariburun - bu jang boʻlgan Anzak ko'rfazining turkcha nomi. Mustafo Kamol Otaturkning o'zi bu oila a'zolaridan bunday familiyani olishni so'ragan degan qarashlar ham mavjud.

Avnining o'g'li bo'lajak general Mehmet Tekin Ariburun (1903-1993) edi. 1925 yilda u Aviatsiya maktabida uchuvchi ofitser bo'lib yetishdi, o'qishni1927 yilda tugatdi. Keyin 1935 yilda Harbiy akademiyani tamomladi. 1950 yilda Mehmet Tekin qo'mondon bo'ldi, 1959 yilda esa Turk armiyasi generaliga aylandi. Shundan so'ng, u mamlakat Harbiy-havo kuchlari qo'mondoni etib tayinlandi. 1960-yil 27-mayda respublikadagi harbiy to‘ntarishlarga qarshi chiqqanidan so‘ng, u ishdan bo‘shatildi. 1961 yilgi saylovlarda Adolat partiyasidan Istanbul senatori etib saylandi. 1970 yildan 1977 yilgacha yetti yil davomida Turkiya Senati prezidenti lavozimida ishlagan. 1973 yilgi mamlakat prezidentlik saylovlarida Mehmet Tekin Ariburun nomzod boʻlgan, ammo Fahri Koruturkga mag'lub boʻlgan.

Mehmet Tekin Ariburun chet elda ancha xizmatda boʻlgan: Berlin, Vashingtonda havo kuchlari attashesi sifatida faoilyat yuritgan va Parijdagi NATO akademiyasini boshqargan. Bu davrda u turli xalqaro uchrashuvlarda bir necha bor Turkiya nomidan qatnashdi. Mehmet Tekin Ariburun 1993 yil 13 avgustda vafot etgan.

  1. Erickson 2007.
  2. Erickson 2001.
  3. Hickey 1995.
  • Edward J. Erickson. Ottoman Army Effectiveness in World War I: A comparative study. Routledge, 2007. ISBN 978-0-415-77099-6. 
  • Edward J. Erickson. Ordered to Die: A History of the Ottoman Army in the First World War, Contributions in Military Studies, Number 201. Greenwood Press, 2001. ISBN 978-0-313-31516-9. 
  • Michael Hickey. Gallipoli, 1995. ISBN 978-0-7195-6142-9.