Ibn al-Muqaffa
Qiyofa
Ibn al-Muqaffa, Abu Muhammad Abdulloh (islom qabul qilinguncha davrdagi forscha ismm: Roʻzbex ibn Dadoye) (720-yil – 759-yil, Basra) — yozuvchi, tarjimon.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asli fors boʻlib, umrining koʻp qismi Basrada oʻtgan. U turli amir va hokimlar saroyida mirza boʻlib ishlagan. Axloqiy-tarbiyaviy mavzuda „Al-adab ul-kabir“ („Katta ishlarni bajarish odobi“) va „Al-adab us-sagʻir“ („Kichik ishlarni bajarish odobi“) kabi asarlar yaratgan. Aristotelning „Kategoriyalar“, „Analitika“ asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Mashhur „Kalila va Dimna“ni qadimiy pahlaviy tilidan arab tiliga tarjimasi tufayli bu asar jahon adabiyotidan oʻrin olgan. Qadimiy fors qahramonlik hikoyalari toʻplami — „Hokimlar haqida kitob“ni arab tiliga tarjima qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Ibn al-Muqaffaga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |