Ilmi Umerov
Ushbu sahifani İlmi Ümerov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Ilmi Rustemovich Umerov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1957-yil 3-avgust Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Maʼlumoti |
Andijon davlat tibbiyot instituti Odessa viloyat davlat boshqaruvi instituti Ukraina Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi milliy akademiyasi |
Ilmi Rustemovich Umerov (qrim tatarcha: İlmi Rustem oğlu Ümerov; 1957-yil 3-avgust, SSSR, Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Toshloq tumani) — Ukraina davlat arbobi, 2015-yildan qrimtatar xalq majlisi raisi oʻrinbosari, 2002—2005-yillarda Qrim Oliy Kengashi raisi oʻrinbosari, 2002—2005-yillarda Boqchasaroy viloyati davlat boshqaruvi rahbari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.
1980—1981-yillarda — Farg'ona shahar tugʻruqxonasi shifokori.
1981—1984-yillarda — Fargʻona viloyati, Marg'ilon shahar kasalxonasi akusher-ginekologi.
1984-yillarda — Margʻilon ipak kombinati tibbiyot boʻlimi anesteziolog-reanimatologi.
1986—1988-yillarda — Krasnodar oʻlkasi, Krimsk shahri, Qrim mintaqaviy kasalxonasi anesteziolog-reanimatologi.
1990—992 yillarda — Boqchasaroy viloyati, Doʻstlik kooperativi uskunalari muhandisi.
1992—1994-yillarda — „Elmaz“ MChJ direktori.
1993-yil kuzida Umerov qrimtatarlarining „Milli Firka“ partiyasini qayta tiklash tarafdori edi. Umerov Qrimning Rossiya yoki Ukrainaning bir qismi deb topilishiga qarshi chiqqan holda, qrimtatarlarining boshqa suveren xalqlar bilan teng siyosiy mavqega erishishini maʼqullash taklifini bergan. Dasturdan, shuningdek, „Faqatgina qrimtatar tili suveren Qrim tatar davlat tili boʻlishi mumkin“ degan taklif ham oʻrin olgan edi[1].
1994-yil may—oktyabr oylarida — Qrim Oliy Kengashining doimiy professional deputati.
1994-yil oktyabr — 1997-yil yanvar — Qrim hukumati Bosh vazirining oʻrinbosari.
1997-yil yanvar — iyun — Qrim Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari.
1998—2000 — Svitoch jamoat tashabbuslari markazi prezidenti.
2000-yil yanvar — 2002-yil may — Boqchasaroy viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2002-yil may — 2005-yil sentyabr — Qrim Oliy Kengashi raisig oʻrinbosari.
2004-yilgi prezidentlik saylovlarida Umerov Viktor Yushchenkoning ishonchli vakili boʻlgan[2].
2005-yilda Ukraina Prezidenti huzuridagi Milliy davlat boshqaruvi akademiyasining Odessa viloyat davlat boshqaruvi institutini tamomlagan.
2005-yil iyulidan 2014-yil avgustigacha — Boqchasaroy viloyati davlat maʼmuriyati raisi. 2014-yil 18-avgustda ushbu raislik lavozimini tark etadi.
2015-yil 21-martda Qrimtatar xalqi majlisi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qrim Avtonom Respublikasi oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy hukumatida xizmat koʻrsatgan xodim;
- II darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2017)[3];
- III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2005);
- „Litvaga xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri (2018-yil, Litva)[4].
Ijtimoiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1989-yil — Qrimtatar milliy harakati tashkiloti asoschilaridan biri boʻlgan;
- 1991-yildan — Qrimtatar xalqi majlisi deputati;
- 1991—1994-yillar va 1998—2002-yillar —Boqchasaroy viloyati majlisi raisi;
- 1997—1999-yillar — Butunjahon turkiy xalqlar assambleyasi raisi;
- 1994-yil aprel-noyabr oylari — Qrim Oliy Kengashining 2-chi chaqiriq;
- 2002—2006-yillar — 4-chaqiriq deputati;
- 2006—2010-yillar —Boqchasaroy tumani Kengashi deputati.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini — Maye, oʻgʻli — Sulaymon, qizlari — Zera va Ayse.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Крымскотатарское национальное движение. Том 3: 1991—1995 г. Серия: "Национальные движения в СССР / Под ред. М. Н. Губогло, С. М. Червонная, Р. Ф. Аппазов, РАН, ЦИМО, — М., 1995. с 76-77“. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.
- ↑ „Довірені особи кандидата на пост Президента України Автономна Республіка Крим“. 2018-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-avgust.
- ↑ „Указ Президент України від 24 серпня 2017 року № 251/2017 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня незалежності України»“. 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
- ↑ „1K-1344 Dėl Lietuvos Respublikos ir užsienio valstybių piliečių apdovanojimo Lietuvos valstybės ordinais“. 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.