Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Indeys tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Indeys tillari - Amerika tub (eskimos va aleutlardan tashqari) aholisining tili. Turli manbalarga koʻra, bu tillarda 35 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Bu tillarning barchasi ham genetik jihatdan toʻliq oʻrganilmagan. Eng soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, quyidagi I.t. oilasi mavjud: 1) nadene (Alyaska va Shim.-Gʻarbiy Kanada, AQSH va Meksikaning baʼzi hududlarida tarqalgan), tlingit va hayda (Jan. Alyaskada); 2) alkonkin-ritvan (Sharqiy va Jan. Kanada, Shim.sharqiy AQSH), ritvan (viyot va yurok — Kaliforniyada) va b.; 3) penutian — kaliforniya-penutian tillari (mivok, yokuts va b. — Kaliforniyada); 4) xokaltek (Kaliforniya, Arizona va Meksika viloyatlarida); 5) kado-irokez — irokez tillari (Appalachi, Avliyo Lavrentiy daryosi boʻylab, Eri, Ontario o.lari); 6) siu (Saska-chevan va Montanadan to Jan.shar-qiy Arkanzasgacha); 7) yuto-atstek (Gʻarb. AQSH — Nevada, Yuta, Kolorado, Texas va b. shtatlarda); 8) mayya-soke (Sharqiy, Jan.sharqiy Meksika, toʻliq Yukatan va Gvatemalada); 9) oto-mi-mishteksapotek (Markaziy va Jan. Meksika, Nikaragua jan. va Kosta Rikada); 10) chibcha (Kosta Rika, Panama, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Peruning bir qis-mi); 11) • aravak (Katta Antil o. Sharqiy Kolumbiya, Shim. Venesuela, Gviana, Ama-zonkaning oʻrta va yuqori qismida, Jan. Amerikaning gʻarb hududlarida); 12) kechua-aymara kechua (Jan. Ekvador, Gʻarbiy Peru va Boliviya, Shim. Chilida) va aymara (Boliviya va Jan.sharqiy Peruda); 13) je (Braziliyaning sharqi, jan. va markaziy qismida); 14) tupi-guarani (Shim., Sharqiy, Jan. Braziliya, Paragvay, Shim. Argentina, Urugvay va b.da) I. t. grammatikasi juda xilma-xil. Inkorporativ, yaʼni polisintetik tillar (kaddo-irokez, yuto-atstek oilasidagi) koʻpchilikni tashkil etadi. Agglyutinativ (affiksatsiya va soʻzlarni qoʻshib soʻz yasash kuchli) boʻlganlari koʻp, flektiv tillar ham mavjud. I. t.ning koʻpchiligi yozuvsiz. Mayya, kechua, sapotek va aymara tillariga oid iyeroglif yozuvli yodgorliklar saqlanib krlgan. Amerika qitʼasini yevropaliklar istilo qilgandan soʻng tupi (Braziliya), atstek, kechua va baʼzi b. tillar lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtdi, bu yozuvda diniy va dunyoviy mavzudagi adabiyotlar vujudga keldi. Hoz. guarani (Paragvay), kechua va qisman aymara tillari milliy adabiy til makrmiga ega. Soʻnggi davrda paydo boʻlgan ilmiy adabiyotlarda I.t. qad. turkiy tillar bilan qarindosh degan qarashlar ham ilgari surilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil