Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ingushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ingushlar
(Ghalghay)
Umumiy aholi soni

750,000

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya 413,016
    Ingush Respublikasi 385,537
    Checheniston 1,296
 Turkiya
 Qozogʻiston 16,893
 Ukraina 455
Tillar
Ingush tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Chechenlar

Ingushlar (ingush tilida atalishi — galgay) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Ingushiya Respublikasining asosiy aholisi (215 mʼing kishidan ortiq, 1990-yillar oʻrtalari). Checheniston, Shimoliy Osetiyadaham yashaydilar. Umumiy soni 237 ming kishi. Ingush tilipl gaplashadilar. Dindorlari islomning sunna mazhabida. Yevropeoid irqiga mansub. Ingushlar qoʻychilik, gʻallakorlik, bogʻdorchilik, dehqonchilik bilan shugʻullanadilar, neft korxonalarida ishlaydilar.[1]

Umumiy soni — 750 ming kishi. Antropologik tarafidan ingushlar evropoid irqining balkan — kavkaz toifasiga kiradi. Nax-Dogʻiston tillari guruhiga kiradigan ingush tilida gaplashadilar. Islom dinining sunnat tarmogʻiga mansub xalq.

Qadimda ingushlar alohida-alohida urugʻ qabila boʻlib, togʻli dashtlarda yashashgan. Djerax, oreppin (kistin), galgay, sorin va meskal degan hamjamiyatlar nomlari tarixdan ayon. Ingushlarning togʻli joylardan tekisliklarga koʻchishi 16 — 17-asrlardan boshlab, ayniqsa 19 asrning 30 — 60-yillari jadallashdi. 1924-yili Rossiya tarkibida Ingʻush muhtor respublikasi tashkil topdi. 1934-yili ingushlarni oʻzlariga tili va madaniyati tarafidan tugʻish chechenlar bilan biriktirib, Chechen-Ingʻush muhtor respublikasi tashkil topdi. 1944-yili chechen va ingʻush xalqlarining konstitutsiyaviy huquqi buzulib, Qozog'istonga er berildi.[2] Faqat 1957-yiligina muhtor respublika qaytadan tashkil topib, chechender bilan ingushlar oʻz vatadiga qaytarildi. Hozirgi Ingushetiya — Rossiya tarkibidagi muhtor respublika.

Ingushlarning asosiy kasblari — dehqonchilik, chorvachilik (togʻli hududlarda). Uzum, bogʻbonchilik kasbi ham bor. Boshoqli oʻsimliklar, makkajoʻxori, koʻkatlar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, sigir, buyvol, yilqi boqishadi.

Ingʻush ayoli milliy kiyimda

Ingushlarning milliy kiyimi chechen, osetin xalqlarining kiyimiga oʻxshaydi. Erkaklari boshiga cherkes kiyadi. Ayollari keng etakli uzun koʻylak kiyib, boshlariga roʻmol o'raydi. Milliy taomlari — undan tayyorlanadi, goʻsht bilan sut, koʻkatlar bilan bir qatorda.[3]

Miloddan avvalgi І asrlarda qadimgi grek geografi Strabon oʻz ijodida shimoliy kavkazlik „gargaraylar“ degan xalqni koʻrsatadi. Bu ingushlarning oʻz tilidagi nomlashi „galgai“ soʻziga oʻxshash boʻlgani uchun olimlar atalgan xalqning tarixi shu davrdan boshlanadi deb oʻz fikrlarini aytayaptilar. Islomgacha ingushlar masihiylik diniga mansub boʻldi. Ayrim manbalarda masihiylik dini ingʻush diyoriga X asrlarda kelgan deb koʻrsatilgan. XVI asrda hududga Checheniston va Dog'iston orqali Islom dini keng avj ola boshladi. Shunday boʻlsa ham, XІX asrlardagina Islom dini rasmiy din deb eʼlon qilinib, ingushlarning asosiy dini boʻlib qabul qilindi. Ingʻush xalqi ogʻzaki adabiyotida, epos yirlarga boy. Jumladan, musiqa va raqs ham oʻta yuqori darajada rivojlangan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Чечено-Ингушская Автономная Советская Социалистическая Республика“. БСЭ. 2011-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-oktyabr.
  3. Qozoq Ensiklopediyasi, 4-tom. ISBN 5-89800-123-9