Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Isidor Isaac Rabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isidor Isaac Rabi

Isidor Isaak Rabi (talaffuzi: Izidor Isak Rabi) (1898.29.7, Rimanuv, hozirgi Polsha1988) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1940). Kornell universitetini tugatgan (1919). 1929-yildan Kolumbiya universitetida ishlagan (1937-yildar professor). Massachusets texnologiya instituti radiatsiya laboratoriya direktorining yordamchisi (1940—45). Ilmiy ishlari magnetizm, yadro fizikasi, kvant mexanikasi va boshqalarga oid. Rabi atom yadrosining magnit momentini radiochastotali rezonans yoʻli bilan oʻlchashning yangi usulini ishlab chiqib (Rabi shkalasi) proton va deytronning magnit momentini aniqlagan (1933—39). Nobel mukofoti laureati (1944)[1][2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari