Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ivan Ordets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Ordets
Ordets Dynamo Moscowda, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Mykolayovych Ordets
Tavallud sanasi 8-iyul 1992-yil (1992-07-08) (32 yosh)
Tavallud joyi Blyzhnye, Donetsk viloyati, Ukraina
Boʻyi 1.94 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VfL Bochum
(Dynamo Moscowdan ijara)
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2009 Shakhtar Donetsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2019 Shakhtar Donetsk 63 (4)
2009 Shakhtar-3 Donetsk 21 (4)
2011Illichivets Mariupol (ijara) 0 (0)
2013—2014Illichivets Mariupol (ijara) 39 (3)
2019— Dynamo Moscow 62 (5)
2022—VfL Bochum (ijara) 14 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Ukraina U17 24 (1)
2009—2010 Ukraina U19 20 (1)
2012—2014 Ukraina U21 12 (0)
2014—2018 Ukraina 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ivan Ordets (1992-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Rossiyaning Dynamo Moscow klubidan ijaraga olingan holda Germaniyaning VfL Bochum klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Ukraina terma jamoasida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ordets futbol oʻynashni maktabda boshlagan. 2002-yil 2-sentyabrda Shakhtar Donetsk klubida sinovdan oʻtdi va ikki bosqich saralashdan soʻng Petro Ponomarenko guruhiga yozildi. Ukraina yoshlar futbol ligasida „Shakhtar“ tarkibida 76 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan. Klub bilan Ukraina chempionatida bir marta kumush (2007) va uch marta bronza medali sohibi (2006, 2008, 2009) boʻlgan.

2011-yilda Donetsklik isteʼdodlar guruhi tarkibida yoshlar murabbiyi Valeriy Yaremchenko rahbarligida Illichivets Mariupolga oʻtdi. Ammo oliy liga klubining asosiy tarkibidan joy olish uchun qilingan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Ammo 2013-yil boshida yana ijaraga oʻtib, oʻyin sifatini sezilarli darajada oshirdi va yangi bosh murabbiy Mykola Pavlovning ishonchini qozondi.

2013-yilning 2-mart kuni Metalurh Zaporizhzhiaga qarshi oʻyinda Ukraina Premyer-ligasida debyut qilgan. Oʻzining birinchi golini 2013-yilning 12-aprelida Volyn Lutsk darvozasiga kiritdi. Ukraina Premyer-ligasining 2013—2014-yilgi mavsumida 27 ta oʻyinda 90 daqiqa, jami 2430 daqiqa oʻynadi. Bu klubdagi qolgan barcha futbolchilardan yaxshiroq koʻrsatkich.

2013-yil oxirida „Komanda“ gazetasi talqiniga koʻra ukrainaning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi sifatida eʼtirof etildi0

2014-yilning yozida „Shakhtar“ga qaytdi.

2019-yilning yozida Moskvaning „Dynamo“siga oʻtdi. Bosh murabbiy oʻzgarguniga qadar faqat bir marta Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda oʻynagan. Oktyabr oyida yangi bosh murabbiy kelib, jamoada boshqacha taktikalar qoʻllay boshladi „Dynamo“dagi ilk golini 2019-yilning 2-noyabrida Akhmat Grozniyga qarshi o‘yinda kiritgan. „Dynamo“ muxlislari tomonidan 2020-yil iyun/iyul oylari uchun „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[2]. 2021-yil 23-noyabrda shartnomasini 2023—2024-mavsumgacha uzaytirdi[3].

2022-yil 10-iyulda Ordets Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq FIFA qoidalariga muvofiq 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Dynamo“ bilan shartnomasini to‘xtatdi va Germaniyaning VfL Bochum jamoasiga qo‘shildi[4].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ordets Ukrainaning turli yoshlar milliy futbol jamoalari aʼzosi boʻlgan. Ukraina U19 terma jamoasi safida 2010-yil 9-oktyabrda Shvetsiyaga qarshi oʻyinda bitta gol urgan[5].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
29-may, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Shakhtar-3 2008—2009 Ukraina 2-ligasi 9 3 - - - 9 3
2009—2010 12 1 - - - 12 1
Jami 21 4 - - - 21 4
Illichivets Mariupol (ijara) 2010—2011 Ukraina Premyer-ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2012—2013 12 1 0 0 - - 12 1
2013—2014 27 2 1 0 - - 28 2
Jami 39 3 1 0 - - 40 3
Shakhtar Donetsk 2014—2015 Ukraina Premyer-ligasi 9 0 3 0 1 0 0 0 13 0
2015—2016 16 0 5 0 6 0 0 0 27 0
2016—2017 20 4 2 0 8 0 1 0 31 4
2017—2018 16 0 1 0 8 0 1 0 26 0
2018—2019 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 63 4 11 0 23 0 2 0 99 4
Dynamo Moscow 2019—2020 Rossiya Premyer-ligasi 17 1 1 0 - - 18 1
2020—2021 27 3 2 0 1 0 - 30 3
2021—2022 18 1 1 0 - - 19 1
Jami 62 5 4 0 1 0 - 67 5
Jami faoliyati 185 16 16 0 24 0 2 0 227 16
8-yanvar, 2022-yil holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ukraina 2014-yil 2 1
2015-yil 0 0
2016-yil 3 0
2017-yil 5 0
2018-yil 2 0
Jami 12 1
Ivan Ordets tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2014-yil 22-may V. Lobanovskiy stadioni, Kiev, Ukraina  Niger 1—0 2—1 Doʻstona

Shakhtar Donestk

  1. Ivan Ordets Rossiya Premyer-ligasi saytida
  2. „Иван Ордец – "ВТБ Лучший игрок июня-июля"“ (Russian). FC Dynamo Moscow (2020-yil 27-iyul).
  3. „Иван Ордец продлил контракт с "Динамо"“ (ru). FC Dynamo Moscow (2021-yil 23-noyabr).
  4. „Dank Sonderregel: VfL holt Ordets“ (de). VfL Bochum (2022-yil 10-iyul). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  5. „U-19: Ордець приносить перемогу“ (Ukrainian). Official FFU Site (2010-yil 14-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.