Joʻrnavozlik
Joʻrnavozlik, joʻrovozlik, akkompanement (fransuzcha: „accompagnement“, „accompagner“ — joʻr boʻlish) — 1) musiqa ijrochiligida yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa yoki ijrochilar guruhiga bir yoki bir necha musiqa cholgʻular (ansambl, orkestr)ning joʻr boʻlishi[1][2].
Oʻzbekistonda qadimdan rivojlanib kelgan. Ayritom, Afrosiyob, Varaxsha va boshqa joylardan topilgan yodgorliklarda hamda ulardan keyingi davrlarga oid miniatyuralarda yakkaxon va guruh-guruh sozandalar, raqqosalar tasvirlangan. Qadimdan, mas, „Katta oʻyin“ turkumidagi raqslar nogʻora (yoki doyra), Shashmaqomning nasr (ashula) yoʻllari tanbur joʻrligida ijro etilgan. Oʻzbek anʼanaviy ijrochiligida tor, dutor, tanbur, rubob kabi yakka (yoki doira bilan birgalikdagi) sozlar va cholgʻu ansambli joʻrligidan foydalaniladi;
2) Garmoniya, gomofoniya kabi koʻp ovozli musiqa uslublarida yetakchi, ohangdor ovozga boshqa, koʻmakdosh ovoz (akkord)larning joʻr boʻlishi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Joʻrnavozlik haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |