Jome masjidi (Bijapur)
Masjid | |
Jome masjidi (Bijapur)
| |
Masjidning kirish eshiklari | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Karnataka |
Koordinatalar | 16°49′19.2″N 75°43′44.4″E / 16.822000°N 75.729000°E |
Asoschi | Ali Odil Shoh |
Asosiy sana: 1576-yil
| |
Maqomi | Jome masjidi |
Umumiy maydoni | 5040 m2 |
Hajmi | 4000 kishi |
Jome masjidi (Bijapur) Vikiomborda |
Bijapurdagi Jome masjidi (Jumiya masjidi yoki Jumma masjidi nomi bilan ham tanilgan) Hindistonning Karnataka shtatidagi jamoat masjididir. 16-asrda Bijapur sultonligida Ali Odil Shoh I tashabbusi bilan qurilgan masjid oxirigacha qurib bitkazilmagan. Bu Bijapurdagi eng katta masjid boʻlib, 4000 namozxonni oʻziga sigʻdira oladi.
Bino UNESCO tomonidan 2014-yilda Umumjahon madaniy merosi obyekti boʻlishi uchun „taxmiy roʻyxat“ ga kiritilgan, shuningdek, u mintaqadagi boshqa obyektlar Dekan sultonligining yodgorliklari va qal’alari nomi bilan birgalikda etirof etiladi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jome masjidining qurilishi 1576-yilda Ali Odil Shoh I tomonidan boshlangan. Loyiha Talikota jangida talon-taroj qilingan pul hisobidan moliyalashtirilgan. Jangda Dekan Sultonliklari ittifoqi Vijayanagara imperiyasiga qarshi kurashda gʻalaba qozongan. Masjidning aksariyat qismi 1686-yilga kelib qurilgan boʻlsa-da, qurilish hali hanuz toʻliq tugallanmagan[2]. Shunga qaramay, u Ibrohim Odil Shoh I tomonidan qurilgan eskiroq, kichikroq jamoat masjidi oʻrniga Bijapurning asosiy masjidi boʻlib xizmat qiladi[3].
Keyinchalik hukmdorlar masjidni bir necha marotaba obodonlashtirishgan. Masjidning markaziy mehrobiga devoriy rasmlar qoʻshilishi ehtimol Muhammad Odil Shoh tomonidan qilingan boʻlishi mumkin[2]. Boburiy hukmdor Avrangzeb masjidga sharqiy eshik qoʻshadi va namozxona poliga bir qator oʻzgartirishlar kiritadi[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jome masjidi Bijapur shahridagi eng katta masjid boʻlib, sigʻimiga koʻra oʻzida 4000 namozxonni jamlay oladi. Bu Odil Shoh meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Bianca Alfierining izoh berishicha, masjid avvalgi Bahmaniylar arxitekturasining elementlarini takrorlaydi[2]. Bundan tashqari, Richard Eaton masjid Eron meʼmorchiligi taʼsirining ramzi ekanligini va keyinchalik Bijapuri meʼmorchiligi darajasidagi mahalliy anʼanalarni oʻz ichiga olmaganligini aytadi[4]. Masjidning dizayni va bezaklari juda oddiy, ArchNet buni Ali Odil Shohning shia mazhabiga mansubligi natijasi deb tushuntiradi, chunki mazhab izdoshlari odatda ibodat joylarini kamroq bezashni afzal koʻrishgan.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri burchakli masjid majmuasi 5040 m2 dan ortiq maydonni egallagan boʻlib, atrofi devorlar bilan oʻralgan. Majmuaga asosiy kirish eshigi bu sharqiy darvoza hisoblanadi. Majmua ichida yon tomoni uzunligi 50 m boʻlgan, favvoralar va tahorat havzasi boʻlgan kvadrat sahn (hovli) mavjud.
Oʻlchami 70x36 m boʻlgan asosiy ibodatxona majmuaning gʻarbiy chekkasida joylashgan. U yarim sharsimon gumbaz bilan qoplangan boʻlib, uning tepasida yarim oy shaklidagi parda mavjud, uning pasti panjara bilan oʻralgan. Namoz zalining maydonida yettita arkali teshiklar mavjud boʻlib, ulardan faqat markaziy qismi bezatilgan[2].
Pirslar bilan mustahkamlangan namozxonaning ichki qismi gʻarbiy qibla devoriga parallel ravishda joylashgan beshta qismga boʻlingan. Ichki makon haddan tashqari zeb-ziynatlanmagan tekis chiziqlarga urgʻu beriladi, u yerda faqat minimal gips ishlari kuzatiladi. Inshootning qavatlari 2250 ta toʻrtburchak xonalarga boʻlingan. Ammo bu o‘zgarish Avrangzeb tomonidan keyinchalik amalga oshirilgan[5].
Ichki makonning odatda minimal va qatʼiy tabiati markaziy mehrobni qibla devorida oʻrab turgan devor naqshlari bilan bezaklangan. Yaltiroq, koʻk, qora va oltin ranglarda bezatilgan mehrobda turli xil tasvirlar mavjud boʻlib, unda Qur’on epigrafiyasi yozuvlari bitilgan. Bu bezak, ehtimol, Muhammad Odil Shoh davrida qoʻshilgan qoʻshimchalar boʻlib, uni mehrob yonidagi baʼzi forscha yozuvlar tasdiqlaydi. Alidan farqli oʻlaroq, Muhammad Odil Shoh sunniy boʻlgan hamda bu holat masjid va uning mehroblari oʻrtasidagi keskin estetik farqqa sabab boʻlishi mumkin[6]. Uning hashamatli bezaklari Michell va Zebrovskiyni masjid binosini islom olamidagi eng yaxshi bezaklardan biri deb hisoblanishiga sabab boʻlgan, ular binoni Kordovadagi masjid-soborning mehrobiga qiyoslaydilar[7].
Tugallanmagan xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning sharqiy fasadida burchak tayanchlari mavjud boʻlib, u yerda ikkita minora qurilishi amalga oshmay qolinganligi koʻrinadi[7]. Bundan tashqari, hovlini oʻrab turgan galereyalarning parapetlarida merlonlar yoʻq[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Mehrob
-
To‘liq majmuaning keng ko‘rinishi
-
Masjid ichidagi arklar
-
Arklar
-
1880-yildagi masjidning janubi-sharqidagi ko‘rinish.
-
Mehrobdagi xattotlik bezaklari
-
Masjid gumbazi
-
Ichkaridan qaralgandagi markaziy gumbaz
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ UNESCO „tentative list“
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Alfieri, Bianca Maria. Islamic architecture of the Indian subcontinent, F. Borromeo, London, WC: Laurence King Pub., 2000 — 165-bet. ISBN 81-85822-74-3. OCLC 44536138.
- ↑ Eaton, Richard Maxwell. Sufis of Bijapur, 1300-1700 : social roles of Sufis in medieval India. Princeton, N.J.: Princeton University Press, 1978 — 85–86-bet. ISBN 978-1-4008-6815-5. OCLC 706006768.
- ↑ Eaton, Richard Maxwell. Sufis of Bijapur, 1300-1700 : social roles of Sufis in medieval India. Princeton, N.J.: Princeton University Press, 1978 — 95-bet. ISBN 978-1-4008-6815-5. OCLC 706006768.
- ↑ Mondini, Sara (2020-08-05), „The Jami Masjid Miḥrāb of Bijapur: Inscribing Turkic Identities in a Contested Space“, Turkish History and Culture in India, BRILL, 281-bet, doi:10.1163/9789004437364_011, ISBN 978-90-04-43736-4, S2CID 234656650, qaraldi: 2021-06-22
- ↑ Mondini, Sara (2020-08-05), „The Jami Masjid Miḥrāb of Bijapur: Inscribing Turkic Identities in a Contested Space“, Turkish History and Culture in India, BRILL, 284–293-bet, doi:10.1163/9789004437364_011, ISBN 978-90-04-43736-4, S2CID 234656650, qaraldi: 2021-06-22
- ↑ 7,0 7,1 Michell, George. Architecture and art of the Deccan sultanates, Mark Zebrowski, Cambridge: Cambridge University Press, 1999 — 88-bet. ISBN 978-0-511-46884-1. OCLC 268771115.