Kalibr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalibr (arab, kalibr — shakl) — 1) mashinasozlikda shkalasiz oʻlchov asbobi; uning yordamida buyumlarning oʻlchamlari, shakli yoki oʻzaro joylashishi oʻlchanadi. Bikr va kerakli oʻlchamga oʻrnatilgan normal (nominal oʻlchamlar tekshiriladigan); chegaraviy (eng katta va eng kichik oʻlchamlar tekshiriladigan), bir va ikki tomonli xillarga boʻlinadi. Ikki tomonlama chegaraviy teshiklarni tekshiradigan probkalar va silindrik detallarni tekshiradigan K.-asboblar eng keng tarqalgan; 2) prokat ishlab chiqarishda — tutashuvchi ikki prokat valik orasida kesib olib hosil qilingan tirqish; undan kerakli oʻlcham va shakl berish uchun qisiladigan metall oʻtkaziladi. Har bir profil uchun valiklarda bir necha K. qilinadi. Toʻgʻri toʻrtburchak yoki dumaloq zagotovkalar shu K.lardan birin-ketin oʻtkazilganda zarur shaklni oladi. Plastikligi kam boʻlgan poʻlatlarni kalibrlash uchun ular qizdirib choʻziladi; 3)oʻq otuvchi qurollarda stvoli hamda snaryad (mina, oʻq)ning diametri; qurolning kuchini aniqlovchi asosiy qiymatlardan biri. Oʻq otuvchi kurollarning K.i chiziqli birliklarda: dyuymlar, liniyalar (0,1 dyuym), millimetrlarda oʻlchanadi. Artilleriyada K. stvol uzunligining kanal diametriga nisbati bilan oʻlchashda ham qoʻllanadi. K. silliq stvolli qurollarda ichki diametri, oʻyilgan stvolli qurollarda qarama-qarshi oʻyiqlarning oraligʻi boʻyicha, snaryadda koʻndalang kesim boʻyicha aniqlanadi. Silliq stvolli ov miltiqlarida esa K. stvol kanaliga qator joylashtirilgan, ogʻirligi 400 g boʻlgan yumaloq qoʻrgʻoshin oʻqlar soniga qarab aniqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |