Klark
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Klark, elementlar klarki — muayyan tabiiy sistema (Yer poʻsti, gidrosfera, atmosfera, biosfera, umuman, Yerda yoki samoviy jismlar) tarkibida kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini bildiruvchi son. K. massa birligida (%, g/t va hokazo) va atomlar % yoki %p sida ifodalanadi. Yer poʻstini tashkil qilgan turli togʻ jinslarining kimyoviy tarkibiga qarab ularni 16 km chuqurlikka qadar tarqalganligini hisobga olgan holda maʼlumotlarni umumlashtirish birinchi marta amerikalik olim F. U. Klark (1847—1931) tomonidan bajarilgan (1889). Yer poʻsti tarkibidagi kimyoviy elementlarning Klark aniqlagan foiz miqdorini keyinchalik rus olimi A. Ye. Fersman yanada takomillashtirib, uni Klark sonlari yoki klark deb atashni taklif qildi. Yer poʻstida, uning hozirgi zamon tushunchasi boʻyicha sayyoraning Moxorovichich chegarasi (Moxorovichich yuzasi)dan yuqori qismi sifatidagi qatlamida elementlarning oʻrtacha miqdori rus olimi A. P. Vinogradov (1962), amerika olimi S. R. Teylor (1964), nemis olimi K. G. Vedepol (1967) tomonidan hisoblab chiqilgan. Elementlar klarkidan foydali kazilma konlarida, togʻ jinslarida yoki regionlarda kimyoviy elementlar konsentratsiyasining koʻp yoki kamligini qiyoslashda etalon sifatida foydalaniladi. Baʼzida K. termini elementlarning konlarda yoki alohida massiv (hudud)lardagi oʻrtacha miqdori sifatida notoʻgʻri talqin etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |