Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kluj-napoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kluj-Napokadan yoʻnaltirildi)

Kluj-napoka - Ruminiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kluj judetsining maʼmuriy markazi. Samesh daryosi sohilida joylashgan. Mamlakatning yirik sanoat va muhim madaniy markazi. Aholisi 332,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel, kimyo, tamaki, chinni, keramika, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t (1872-yildan) va boshqa oliy oʻquv yurtlari, Ruminiya Fanlar akademiyasi ning filiali va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari, tarix, etnografiya va badiiy muzeylar, botaniqa bogʻi bor. K. qadimgi qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. Dastlab 1173-yilda tilga olingan, 1316-yildan shahar. Meʼmoriy yodgorliklaridan San-Mixail cherkovi (14—15-asrlar), universitet binosi (19-asr) va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil