Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Koʻp maʼnolilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻp maʼnolilik, polisemiya — til birliklarining birdan ortiq maʼnoga ega boʻlishi. Koʻp maʼnolilik — koʻp qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir soʻzning lugʻaviy maʼno taraqqiyoti aniq, individual yondashishni, izohlashni talab qiladi. Koʻp maʼnolilik maʼnosi faqat matnda bilinadi. Onamning koʻzi hali yaxshi koʻradi (aʼzo); buloqning koʻzi, igvaning koʻzi (teshik); uzukning koʻzi (uzukka qoʻyilgan tosh); taxtaning koʻzi (taxtadagi doira shakl).

Koʻp maʼnolilik ikki yoʻl bilan hosil boʻladi: 1) soʻzning yangi maʼno kasb etishi natijasida. Mas, yer soʻzi dastlab bir maʼnoli boʻlgan, qolgan maʼnolar soʻzning maʼno tarkibi taraqqiyoti natijasida paydo boʻlgan; 2) koʻp maʼnoli soʻzdan yoki koʻp maʼnoli qoʻshimcha vositasida soʻz yasalishi natijasida. Koʻp maʼnoli soʻzlar qancha maʼnoga ega boʻlmasin, bu soʻzlar maʼnosi oʻzaro bogʻlangan, yaʼni maʼnolar orasida qandaydir semantik aloqa mavjud boʻladi. Xuddi shu xususiyat ularni omongshlardan farqlaydi. Soʻzning Koʻp maʼnolilikini, asosan, matn hal etadi: soʻzning ishlatilish matni qanchalik rang-barang boʻlsa, bu soʻz shunchalik koʻp lugʻaviy maʼnoni ang-latadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil