Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kollaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kollaj (frans. collage — yelimlash, yopishtirish) — tasviriy sanʼatdagi texnik usul; biror bir asos materi-alga undan rang va sifati bilan farqlanuvchi materialni yopishtirib asar yaratish; shuningdek, shu usulda yaratilgan sanʼat asari ham K. deb ataladi. Asosan grafikada asarning oʻziga xos taʼsirchanligini kuchaytirishda qoʻllanadi, rang-barang , turli materiallarning favquloddagi uygʻunligi taʼminlanadi. K. kubizm, futurizm va dadaizm vakillari tomonidan rasman ijodiy tajriba sifatida kiritilgan. Keyinchalik rangtasvirda ham K. qisman qoʻllangan hollar uchraydi. Oʻzbekiston rassomlari (Oʻzbekiston xalq rassomi T. Mirjalilov va boshqalar) ham K. usulida asarlar yaratishgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil