Kolonoskopiya
Kolonoskopiya (videokolonoskopiya, VKS; fibrokolonoskopiya, FKS) – tibbiy endoskopik davolash va tashxislash usuli boʻlib, bunda shifokor endoskop yordamida yoʻgʻon ichakning ichki yuzasini koʻzdan kechiradi va uning holatini baholaydi. Kolonoskopiya ichakning yalligʻlanish kasalliklarini (NYaK, Kron kasalligi va boshqalarni), shilliq osti va epitelial oʻsimtalarni (poliplar, oʻsmalar), divertikulyozni koʻrib tashxislash imkonini beradi[1].
Kolonoskopiyaning maqsadi yo‘g‘on ichak devorining ichki devorini koʻzdan kechirish orqali vizual tashxis qoʻyish imkonini beradi[2][3]. Bu jarayon yara yoki saraton oldi poliplari kabi muammolarni aniqlab oldini olishga imkon beradi. Shuningdek, kolonoskopiya biopsiya oʻtkazish yoki yoʻgʻon ichakdagi yot jismlarni ham olib tashlash imkoniyatini beradi.
Kolonoskopiya asosan sigmoidoskopiyaga oʻxshash boʻlib, ularning asosiy farqi har bir muolaja yoʻgʻon ichakning qaysi qismlarini tekshira olishidadir[4]. Sigmoidoskopiyada qoʻllanadigan asbob aynan kolonoskopiya uchun ham ishlatiladi. Kolonoskopiya odatda uzunligi 1200 dan 1500 millimetrgacha boʻlgan butun yoʻgʻon ichakni toʻliq koʻzdan kechirishga imkon beradi. Aksincha, sigmoidoskopiya usuli esa yoʻgʻon ichakning faqat distal qismini, yaʼni taxminan 600 millimetrli hududni tekshirishga imkon beradi holos. Bu farq tibbiy jihatdan muhim, chunki kolonoskopiyaning saraton xavfini oldini olish koʻrsatkichlarini yaxshilashdagi afzalliklari asosan yoʻgʻon ichakning aynan shu distal qismidagi zararlanishlarni aniqlash bilan bogʻliq[5].
Kolonoskopik tekshiruvdan muntazam foydalanish dunyo boʻylab turlicha AQShda kolonoskopiya kolorektal saraton uchun keng tarqalgan va tavsiya etiladigan skrining usuli hisoblib bu tekshiruv odatda 45 yoki 50 yoshdan boshlanadi, bunda xavf omillari va Amerika saraton jamiyati kabi tashkilotlarning koʻrsatmalariga eʼtibor qaratiladi[6]. Biroq, skrining amaliyotlari dunyoning turli mamlakatlarida farq qiladi masalan, Yevropa Ittifoqidagi bir qator davlatlarda aholi orasida skrining oʻtkazish uchun asosan najas yashirin qon tekshiruvi (FOBT) yoki sigmoidoskopiya usullari qoʻllanadi.
Tibbiyotda qoʻllanilish usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolonoskopiyani talab qiladigan holatlarga oshqozon-ichak tizimidan qon ketishi, ichak faoliyatidagi tushuntirib boʻlmaydigan oʻzgarishlar va yomon sifatli oʻsmalarga shubha qilinganda qoʻllanadi[7]. Kolonoskopiya asosan yoʻgʻon ichak polipi va saratonini aniqlash uchun qoʻllanilsa-da, koʻpincha ichakning yalligʻlanish kasalligini tashxislashda ham foydalaniladi.
Kolonoskopiyaga yana bir keng tarqalgan koʻrsatma anemiya bilan yoki anemiyasiz temir tanqisligini tekshirishdir. Bu tekshiruv qon yoʻqotilishiga sabab boʻluvchi shikastlanishni istisno qilish uchun yoʻgʻon ichakni oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, qizilo‘ngach, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakning proksimal qismidagi qon yoʻqotish manbalarini istisno qilish maqsadida oshqozon-ichak yoʻlining yuqori qismini endoskopik tekshirish (gastroskopiya) ham oʻtkaziladi[8]. Najas yashirin qon testi – bu najasdagi mikroskopik qon izlarini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tezkor tekshiruv usuli. Ijobiy natija deyarli har doim kolonoskopiya oʻtkazishga koʻrsatma boʻladi.
Koʻp hollarda ijobiy natija faqat gemorroy tufayli boʻladi; biroq, u divertikulyoz, ichakning yalligʻlanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit), yoʻgʻon ichak saratoni yoki poliplar sababli ham boʻlishi mumkin. Kolonik polipektomiya kolonoskopiyaning odatiy qismiga aylanib, muolaja davomida poliplarni tez va oson olib tashlash imkonini beradi[9].
Yoʻgʻon ichak saratoni skriningi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolonoskopiya AQShda 45 yosh va undan katta yoshdagi insonlar uchun moʻljallangan kolorektal saraton skrining testlaridan biridir. Boshqa skrining testlariga egiluvchan sigmoidoskopiya, ikki tomonlama kontrastli bariy klizması, kompyuter tomografik (KT), kolonografiya (virtual kolonoskopiya), guaiak asosidagi axlat yashirin qon testi (gFOBT), axlat immunokimyoviy testi (FIT) va koʻp maqsadli axlat DNK skrining testi (Cologuard) kiradi[10].
Dastlabki tekshiruv natijalariga koʻra, keyingi skrininglar rejalashtiriladi. Odatda, normal natijalar koʻrsatgan kolonoskopiyalar uchun besh yoki oʻn yildan keyin takroriy tekshiruv oʻtkaziladi. Oilasida yoʻgʻon ichak saratoni tarixi boʻlgan shaxslar koʻpincha oʻsmirlik davrlaridan boshlab skriningdan oʻtkaziladi[11]. Dastlabki kolonoskopiyada poliplar aniqlanmagan bemorlar orasida besh yil ichida yoʻgʻon ichak saratoni rivojlanish xavfi juda past boʻladi. Shu sababli, bu odamlarga birinchi tekshiruvdan soʻng besh yil ichida yana kolonoskopiya oʻtkazishning hojati yoʻq[12].
AQShdagi ayrim tibbiyot jamiyatlari kolorektal saraton xavfi yuqori boʻlmagan katta yoshli insonlar uchun 50 yoshdan boshlab har 10 yilda bir marta skrining kolonoskopiyasi oʻtkazishni tavsiya etadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar yuqori sifatli kolonoskopiya saraton kasalligini aniqlamasa, keyingi 10 yil davomida saraton xavfi past boʻladi. Shu sababli, bu maqsadda tekshiruvlar har oʻn yilda oʻtkazilishi koʻrsatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Colorectal Cancer: Screening“. www.uspreventiveservicestaskforce.org. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Colonoscopy“. https://www.niddk.nih.gov/. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Do Colonoscopies Prevent Colon Cancer?“. https://www.urmc.rochester.edu/. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Flexible sigmoidoscopy“. https://www.cancerresearchuk.org/. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Колоноскопия: показания, подготовка и проведение процедуры“. doktorstolet.ru. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Global perspective on colonoscopy use for colorectal cancer screening: A multi-country survey of practicing colonoscopists“. www.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Screening colonoscopy: The present and the future“. www.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Colorectal Cancer Signs and Symptoms“. www.cancer.org. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Kolonoskopiya“. www.hopkinsmedicine.org. Qaraldi: 9-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Effect of Colonoscopy Screening on Risks of Colorectal Cancer and Related Death“. Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Five-Year Risk of Colorectal Neoplasia after Negative Screening Colonoscopy“. Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Colorectal Cancer Screening: Recommendations for Physicians and Patients from the U.S. Multi-Society Task Force on Colorectal Cancer“. Qaraldi: 2024-yil 13-oktyabr.