Koneru Humpy
Koneru Humpy | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mamlakat | Hindiston | |||||||||||||
Tugʻilishi |
31-mart 1987-yil Vijayawada, Andhra Pradesh, Hindiston | |||||||||||||
Saravha | Grandmaster (2002-yil) | |||||||||||||
FIDE reyting | 2586 (fevral 2024) | |||||||||||||
Yuqori reytingi | 2623 (iyul 2009) | |||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Koneru Humpy (1987-yil 31-martda tugʻilgan) hindistonlik shaxmatchi, 2019-yilda FIDE ayollar oʻrtasidagi tezkor shaxmat chempionatida gʻolib boʻlganligi bilan mashhur.[1] 2002-yilda u 15 yosh, 1 oy, 27 kunligida grossmeyster (GM) unvoniga erishgan eng yosh ayol boʻlib, Judit Polgarning oldingi rekordini uch oyga[2] ortda qoldirdi (keyinchalik bu rekord Xou Yifan tomonidan 2008-yilda yangilandi). 2007-yil oktyabr oyida Humpy Polgardan keyin 2600 Elo reytingidan oshib, 2606 ball olgan ikkinchi ayol oʻyinchi aylandi.[3][4]
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humpy shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan: 1997-yilda (10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasi), 1998-yilda (12 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida) va 2000-yilda (14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida). 1999-yili Ahmadobod shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oʻgʻil bolalar bilan kuch sinashib, 12 yoshgacha boʻlganlar bahsida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[5] 2001-yilda Humpy oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi. Keyingi yilgi oʻyinlarda u Chjao Xue bilan birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-brekda ikkinchi oʻringa tushib ketdi.[6] 2002-yilda u sakkizinchi ayol grossmeysterga aylandi. Humpy 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻgʻil bolalar bilan raqobatlashdi, bu musobaqada Pentala Xarikrishna gʻalaba qozondi. Humpy esa 8,5/13 ball bilan oʻninchi oʻrinni egalladi.[7]
Humpy 2000 va 2002-yillarda ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatida gʻolib boʻldi. 2003-yilda u ayollar oʻrtasidagi 10-chi Osiyo chempionati va Hindiston ayollar chempionatida gʻoliblikka erishadi.[8][9] 2005-yilda u Rossiyaning Krasnoturinsk shahrida oʻsha davrdagi eng kuchli oʻn nafar ayol oʻyinchi ishtirokida boʻlib oʻtgan Shimoliy Ural kubogida gʻolib sfatida etirof etiladi.[10]
U birinchi marta 2004-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan va oʻshandan beri u nokaut formatida oʻtkazilgan har bir musobaqada qatnashib kelgan. Humpy 2004, 2008 va 2010-yillarda yarim finalga qadar chiqqan.
2009-yilda u Mumbay meri kubogida Aleksandr Areshchenko, Magesh Panchanathan va Evgeniy Miroshnichenko bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi.[11]
2009-yilda Humpy Butun Hindiston shaxmat federatsiyasini Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilganlikda aybladi.[12][13] Unga murabbiylik qilayotgan otasi Humpy Ashokga u bilan turnirlarga borishga ruxsat berilmaganligi asosiy sabab sifatida koʻrsatildi.
Humpy 2009—2011-yillardagi FIDE ayollar Gran-prisida ishtirok etdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻz navbatida 2011-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yoʻllanmasiga daʼvogar sifatida ishtirok etdi.[14][15] Bu musobaqada Xou Yifan uchta oʻyinda gʻalaba qozonib, beshta durang qayd etdi. Humpy 2011-2012, 2013-2014, 2015-2016 va 2019—2021-yillarda ham FIDE ayollar Gran-prisi seriyasida ikkinchi oʻrinni egalladi.
U 2015-yilda Xitoyning Chengdu shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hindiston terma jamoasi musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egalladi — bu bronza medalini qoʻlga kiritgan Xitoy jamoasidan atigi bir ochko ortda qolgani tufayli edi.[16]
2019-yilda u ikki yillik tugʻruq taʼtilidan qaytganidan keyin ayollar oʻrtasida Rapid boʻyicha jahon chempioni boʻldi.[17]
2020-yilda Humpy ommaviy ovoz berishdan soʻng BBC tomonidan Hindistondagi yilning eng yaxshi sportchisi mukofotiga loyiq deb topildi.[18]
Humpy 2022-yilda Tamilnadu shtatining Mahabalipuram shahrida boʻlib oʻtayotgan Shaxmat Olimpiadasida Hindiston shaʼnini himoya qilmoqda.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U dastlab ota-onasi (Koneru Ashok va Latha Ashok) tomonidan „Hampi“ deb nomlangan, bu ism „chempion“ soʻzidan olingan. Keyinchalik uning otasi rus tilidagi ismga yaqinroq oʻxshash boʻlishi uchun imloni Humpy deb oʻzgartirdi.[19][20]
2014-yil avgust oyida u Dasari Anveshga turmushga chiqdi.[21] Hozirda u ONGC Ltd bilan hamkorlikda ishlaydi.[22]
U 2017-yilda Ohana ismli qizini dunyoga keltirdi.[23]
Mukofotlar va yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil: Osiyodagi eng yosh ayol xalqaro usta (WIM)
- 2001-yil: Hindistonning eng yosh ayol grossmeysteri (WGM)
- 2003-yil: Arjuna mukofoti
- 2007-yil: Padma Shri[24]
- 2019-yil: Skolkovo ayollar Gran-prisi 2019-2020
- 2019-yil: Monako ayollar Gran-prisi 2019-2020
- 2019-yil: Tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati[25]
- 2020-yil: Cairns Cup[26]
- 2020-yil: FIDE 2020 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida oltin
- 2021-yil: BBC Hindistonda yilning eng yaxshi sportchisi
- 2021-yil: FIDE 2021 Onlayn Shaxmat Olimpiadasida bronza
- 2022-yil: 44-Shaxmat Olimpiadasida bronza
- 2022-yil: 44-shaxmat olimpiadasida Gaprindashvili kubogi gʻolibi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The inspiring return of Koneru Humpy“. ChessBase India (29-dekabr 2019-yil).
- ↑ „Humpy beats Judit Polgar by three months“. Chess News. Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
- ↑ „Anand crosses 2800 and leads the October 2007 FIDE ratings“. Chess News. Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
- ↑ Koneru’s rating progress chart. FIDE.
- ↑ „Humpy on high!“. Rediff.com (30-avgust 2001-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2016-yil.
- ↑ Goa 2002 — 20° Campeonato Mundial Juvenil Feminino BrasilBase
- ↑ Cochin 2004 — 43° Campeonato Mundial Juvenil BrasilBase
- ↑ 10th Asian Womenʼs Individual Chess Championship FIDE
- ↑ Crowther. „TWIC 471: Indian Women's National A Championships“. The Week in Chess (17-noyabr 2003-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2015-yil.
- ↑ „North Urals Cup: Humpy wins, Xu Yuhua second“. ChessBase (15-iyul 2005-yil). Qaraldi: 20-aprel 2016-yil.
- ↑ Zaveri. „Areshchenko triumphs in Mayor's Cup – Jai Ho Mumbai!!“. ChessBase (15-may 2009-yil). Qaraldi: 10-may 2010-yil.
- ↑ „Koneru Humpy accuses AICF secretary of harassment“. IBN Sports (24-oktabr 2009-yil). 2009-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Humpy replies to Sundar – issues open challenge“. ChessBase (25-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Women GP – Nalchik – Women GP – Nalchik“. Nalchik2010.fide.com. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Humpy pulls it off – wins Doha GM and qualifies | Chess News“. Chessbase.com. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „World Women Chess: Harika wins silver, bronze for Humpy“. The Hindu. PTI. Qaraldi: 29-aprel 2015-yil.
- ↑ „The inspiring return of Koneru Humpy - ChessBase India“. www.chessbase.in. Qaraldi: 22-may 2020-yil.
- ↑ „Koneru Humpy is BBC Indian Sportswoman of the Year“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 18-mart 2021-yil.
- ↑ „Humpy beats Judit Polgar by three months“ (31-may 2002-yil).
- ↑ „Humpy's moves“. The Tribune (8-aprel 2006-yil).
- ↑ J. R. Shridharan. „Humpy enters wedlock with Anvesh“. The Hindu. Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
- ↑ „Humpy joins ONGC“. The Hindu. Qaraldi: 23-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Grandmaster Koneru Humpy learning the moves of a mother“ (en). www.telegraphindia.com. Qaraldi: 22-may 2020-yil.
- ↑ „Padma Awards“. Ministry of Home Affairs, Government of India (2015). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2015-yil.
- ↑ „Humpy pockets first world chess crown“. The Times of India (2019). Qaraldi: 29-dekabr 2019-yil.
- ↑ „2020 Cairns Cup March 2020 United States of America FIDE Chess Tournament report“. ratings.fide.com. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.