Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Konosuke Matsushita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konosuke Matsushita

Kazuo Matsushita 1961 yil
Tavalludi
Konosuke Matsushita

27-noyabr 1894-yil (1894-11-27) (130 yosh)
Vafoti 27-aprel 1989-yil(1989-04-27)
(94 yoshda)
Osaka, Japan
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Kasbi
  • Ixtirochi
  • Sanoatchi
  • Ishbilarmon
Turmush oʻrtogʻi Mumeno Matsushita
Bolalari 2
Otasi Masakusu Matsushita
Onasi Tokue Matsushita
Veb-sayti konosuke-matsushita.com/en/

Konosuke Matsushita Yaponiyaning eng yirik sanoatchilaridan biri boʻlib, Panasonic elektrotexnika kompaniyasining asoschisi hisoblanadi.Konosuke Matsushita 1894-yilning 27-noyabrida Vakayama perfekturasidagi badavlat dehqon oilasida tavallud topgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matsushita maktabni tugatishibilanoq ko'p o'tmay, ,,Hibachi'' do'koniga shogird sifatida Osakaga yuborishdi . Bir yildan kamroq vaqt o'tgach, biznes muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Matsushita boshqa ish qidirishga majbur boʻldi. Keyin Osaka elektr yorug'lik kompaniyasining elektr ta'minoti boʻlimiga ishga kirish uchun ariza berdi. Keyingi ikki yil ichida uning lavozimi bir necha marta ko'tarildi va kompaniyadagi mavqei oshdi. Bu vaqt ichida Matsushita singlisining dugonalaridan biri Mumeno Iue bilan tanishdi va qisqa muddatdan soʻng birga turmush qurishdi.

Matsushita kompaniyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917- yilda Matsushita Osaka elektr yorug'lik kompaniyasini tark etib, o'z kompaniyasini tashkil qiladi. Sarmoya, rasmiy ta'lim yoki ishlab chiqarish tajribasi yoʻqligi uchun kompaniya hali boshlanishidan oldin muvaffaqiyatsizlikka uchragandek ko'ringan edi. U o'z uyining yerto'lasida o'z do'konini tashkil qildi. Xotini, qaynonasi va bir nechta yordamchilari bilan o'z mahsulotining bir nechta namunalarini yaratishga kirishdi. U namunalarni ulgurji sotuvchilarga topshirishga urindi, biroq bir nechta mahsulotlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.Matsushitaning yordamchilari uning kompaniyasini tark etishdi va faqat o'zini qobiliyatli sotuvchi va menejer sifatida ko'rsatgan rafiqasi hamda kuyovi Toshio Iue bilan qoldi. Matsushita oxir-oqibat honavayron bo'ldi, lekin kutilmaganda elektr fanatlar uchun minglab izolyator plitalariga buyurtma qabul qildi. U yerdan Matsushita o'zining yorug'lik rozetkalarini ishlab chiqarishni davom ettira oldi. Ulgurji sotuvchilar mahsulotning bozordagi taqqoslanadigan mahsulotlarga qaraganda sifatliroq va arzonroq ekanligini anglab yetishgani uchun tezda ommalashdi. Kompaniyaning dastlabki yillari og'ir kechdi: kam mablagʻ topgani uchun bir marta xotinining kimonosini garovga qo'yishiga toʻgʻri kelgan edi. Matsushita mahsulotlari dastlab "National" brendi ostida sotilgan va keyinchalik Panasonic, Quasar va Technics kabi taniqli nomlarda chiqazila boshlagan. Matsushitaning eng yaxshi mahsulotlaridan biri uning yanada samarali akkumulyatorga ega velosiped lampasi ixtirosi edi . 1920-yillarda velosiped lampalari sham yoki moyli lampalarda yondirdilar edi. Ular juda samarasiz boʻlib, odatda uch soat davomida ishlar edi. U oval chiroqni yaratdi, unda quvvat uchun batareya va yorug'lik uchun lampochka ishlatildi. U o'z mahsulotlarini chakana velosiped do'konlariga albatta sota olishi kerak edi.