Konsoy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Konsoy — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy. Kichik Oʻradaryoning chap irmogʻi. Boysun togʻlari yon bagʻirlaridan boshlanuvchi 20 ga yaqin irmogʻi bor. Oʻz. 30 km, havzasining maydoni 247 km². Mavsumiy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yilliq oʻrtacha suv sarfi 0,35 m³/sek. Bahorda suvi koʻpayadi, yozda esa kamayib, Kichik Oʻradaryogacha yetib bormaydi. K. suvi sugʻorishga sarflanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |