Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ksilit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ksilitol-pastilya

Ksilit, SN2ON (SNON)z SN2ON -koʻp atomli spirt (pentit). Mol. m. 152,15; rangsiz gigroskopik kristall. Suyuqlanish temperaturasi 61—61,5° boʻlgan beqaror monoklin va suyuqlanish temperaturasi 93—94,5°, qaynash temperaturasi 215—217° boʻlgan beqaror rombik modifikatsiyasi maʼlum. K. optik nofaol izomer; suvda, metil va etil spirtda, piridinda, sirka kislotada eriydi.; efir, dioksan, uglevodorodlar, butil va propil spirtlarda erimaydi. Kimyoviy xossalarga koʻra koʻp atomli spirtlarning vakili. Sanoatda ksilozani qaytarib olinadi. K. va uning 1,4-angidridi (ksilitan) — sellofan qogʻoz va atir-upa ishlab chiqarishda namlik plastifikatori va stabilizatori, ksiftal alkid smolalar, sirt-faol moddalar, lok, yelim va boshqa olishda komponent. K. shirin taʼmli (saharozadan ikki marta shirinroq) boʻlib, odam organizmiga singmaydi. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi, shuningdek, diabet va semirishga moyil bemorlarga qand oʻrnida beriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil