Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Lavanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lavanda (lotincha: Lavandula) — labguldoshlilar oilasiga mansub buta yoki doim yashil chala butalar turkumga kiruvchi, efir moyli oʻsimlik. Oʻrta Dengiz sohillarida 25 dan ortiq turi uchraydi. Asosan, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Moldova, Qrim, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ensiz bargli lavanda(lavanda angustifolia) turi yetishtiriladi. Lavandaning yangi toʻpgulida 1,2 — 2,3% efir moyi mavjud. Parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati, tibbiyotda qoʻllanadi. Lavanda yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik boʻlib 30° sovuqqa ham chidaydi. Qalamchasidan koʻpaytiriladi. Ildizi 40—50 ta uzun ipsimon ildizchalardan iborat. Tuproqqa 2 m chuqur kirib boradi. Sershox, bir tupida 400—800 ta poya hosil qiladi. Mevasi qoʻshaloq, 4 ta yongʻoqchadan iborat, rangi sariq — jigarrang. Ekilgan koʻchatlardan 2-yildan boshlab 20—25 yilgacha hosil olinadi. Har 6—7 yilda lavandazorlar yoshartiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil