Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Leipzig

Koordinatalari: 51°20′0″N 12°23′0″E / 51.33333°N 12.38333°E / 51.33333; 12.38333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leipzig
Shahar
Skyline of Leipzig
Leipzig
Gerb
51°20′0″N 12°23′0″E / 51.33333°N 12.38333°E / 51.33333; 12.38333
Mamlakat Germaniya
Yer Saksoniya
Hukumat
 • Oberburgomistr Burkhard Jung
Maydon 29,760 km2 (11,490 kv mi)
Markazi balandligi 113 m
Aholisi
 (2010)
522 883
Telefon kodi +49 341
Pochta indeks(lar)i 04003-04357
Avtomobil kodi L
Идентификационный код 14 3 65 000
Leipzig xaritada
Leipzig
Leipzig

Leypsig — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015-yilda tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-asrdan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari zavodi, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Universitet (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, pedagogika va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-asrlar), eski ratusha (16-asr), universitet binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va boshqa mavjud.[1]

Leipzig Germaniyaning Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 297,60 km2. Aholisi — 522 883 kishi (2010).

Leipzigning hududi 297,8[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 113 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Soni
1870 100 000
1971 580 700
1985 555 000
1994 490 900
Yil Soni
1997 482 000
2015 560 472
2016 571 088
2017 581 980
Yil Soni
2019 587 857
2020 601 668
2021 601 866
2022 621 278
Yil Soni
2023 625 341
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. (unspecified title)Federal Statistical Office.