Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Leonid Lindenbraten

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonid Lindenbraten
Tavalludi 3-noyabr 1922-yil
Toshkent, Turkiston ASSR, RSFSR
Vafoti 7-yanvar 2020-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi tibbiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Leonid Davidovich Lindenbraten (1922-yil 3-noyabr, Toshkent – 2020-yil 6-yanvar[1]) – sovet va rus rentgenologi, tibbiyot fanlari doktori, professor, I. M. Sechenov nomidagi 1-Moskva tibbiyot instituti radiologiya va rentgenologiya kafedrasi mudiri. Tibbiyot talabalari uchun radiologiya boʻyicha darslik mualliflaridan biri.

Leonid Davidovich Lindenbraten shifokorlar oilasida tavallud topgan. Onasi Roza Vladimirovna Zlatopolskaya pediatr boʻlgan. Otasi tibbiyot fanlari doktori, professor David Solomonovich Lindenbraten (1896, Vilnyus – 1957, Leningrad). 1921–1930-yillarda Oʻzbekistonda, jumladan, Sogʻliqni saqlash xalq komissarining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Akasi Vitaliy Davidovich Lindenbraten (1925–2009) patofiziolog, tibbiyot fanlari doktori, professor boʻlgan. Bobosi Shloma Rafailovich Lindenbraten Vilnyusda pivo ishlab chiqaruvchi edi[2].

Lindenbratenning bolalik yillari Oʻrta Osiyoda oʻtgan. Toshkentda oʻrta maktabning 4-sinfini tamomlagan. 1930-yilda uning otasi Leningrad ilgʻor tibbiy tadqiqotlar instituti radiologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi (Moskvaga koʻchib ketgan S. A. Reynberg oʻrniga). Lindenbraten oʻqishni Leningradda davom ettirdi. Drama studiyasida oʻqidi, musiqa maktabida fortepiano boʻyicha oʻqidi va yoshlar futbol jamoasida oʻynadi.

Leonid 1940-yilda harbiy xizmatga qasamyod qildi va yangi tashkil etilgan Dengiz Tibbiyot Akademiyasi (VMMA) qoshidagi Oliy dengiz tibbiyot maktabiga oʻqishga kirdi. 1941-yilda ularning kursi Leningrad frontiga yoʻnaltirildi va Leningradni himoya qilishda qatnashdi.

Leonid Davidovich 1956–1959-yillarda VMMA radiologiya kafedrasida katta oʻqituvchi, undan soʻng S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasida rentgenologiya va radiologiya kafedrasi mudiri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Lindenbraten 1959-yilda I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva tibbiyot institutining rentgenologiya va radiologiya kafedrasi mudiri etib saylandi. 1960-yilda unga professor unvoni berildi va 32-yil davomida kafedraga rahbarlik qildi.

Leonid Davidovich 1995-yilda Moskva sogʻliqni saqlash boshqarmasining Tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

2020-yil 10-yanvar kuni Sechenov universiteti oʻlikxonasida Leonid bilan xotira va xayrlashuv marosimi (Rossolimo koʻchasi, 12-uy, 1-bino) boʻlib oʻtdi. U Sankt-Peterburgda dafn etilgan.

  1. „Леонид Давидович Линденбратен: ученый, наставник, человек“. 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  2. Брат деда, Леон Рафаилович Линденбратен, был общественным раввином Перми.