Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Lirika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lirika — (yunoncha „Cholgʻu asbobi“ degan maʼnoni anglatadi) adabiy tur sifatida qadimdan rivojlanib, oʻzining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bosh obrazi lirik qahramon hisoblanadi. Lirikada lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning „men“i orqali oʻtadi. L.da, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, L.da subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda lirikaemotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy „personaj“ ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirikaijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. Lirikaqadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. LirikaGʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz L.si xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra 18—19-asrlarda I. V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar lirikasohasida samarali ijod qildilar.

20-asrda lirikashakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A. Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. 20-asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida lirikamuhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. Lirikajahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. L.dagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. 20-asr dunyo adabiyotida va, qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern L.da shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki — sirli musiqadorlik mavjud. L.dagi xarakter ham, konflikt ham subʼyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, L.da konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodada yaqqol aks etadi. L.da badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi.

Poetik „men“ va biografik „men“ L.ning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub „Aldanish“ sarlavhali sheʼrini turlicha talkin etishlari buning isbotidir. Lirik asar aksar holatlarda har qanday insonga tushunarli, uning dardiga, zavqiga mos boʻladi. Ammo jahon adabiyotida „sanʼat sanʼat uchun“ qoidasiga muvofiq ravishda „sof sanʼat“, „sof L.“ tushunchalari ham vujudga kelgan. „Sof L.“ xususiyati shuki, bunda „men“ sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini koʻzlamaydi; individual ruhiy holat misralarga koʻchadi. Adabiyotshunoslar L.ni mavzusiga qarab shartli ravishda ishq-muhabbat, falsafiy, peyzaj, publitsistik va boshqa L.larga ajratadilar. Shuningdek, lirikagʻazal, ruboiy, tuyuq, muhammas, qasida, marsiya, sonet singari koʻplab adabiy janrlarga boʻlinib ketadi. Ayni choqda, L.ni davr eʼtibori bilan mumtoz lirikava zamonaviy lirikatarzida tasniflash ham mumkin.

Lirikaning turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lirik asarlarda qahramonning munosabatini inobatga olgan holda, lirika 2 turga boʻlinadi. Bular: Avtopsixologik va Ijroviy lirika. Avtopsixologik lirika deyilganda, lirik qahramon va shoirning oʻy-fikrlari, his-tuygʻulari bir-biriga oʻzaro mos tushgan payt hisoblanadi. Masalan, bunday turdagi sheʼrlarda shoir oʻz qalbiga murojaat qiladi va oʻzining ichki kechinmalarini qogʻozga tushiradi. Ijroviy lirikada esa shoir oʻzga shaxs ruhiyatiga kirib, oʻzganing tilidan fikr yuritadi va natijada ana shu oʻzga shaxs she'rning lirik qahramoniga aylanadi. Shuningdek, shoir va lirik qahramonning oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoki oʻxshashlik boʻlmaydi. Yaʼni, shoir oʻzga bir odamning his-tuygʻularini qogʻozga tushiradi va goʻyoki rol oʻynaydi.Lirika - badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu atama yunoncha "lira" so'zidan olingan. Lira musiqa asbobi bo'lib, qadimda she'rlar uning jo'rligida aytilgan. Epik va dramatik turdan farqli o'la- roq lirika voqelikni emas, balki inson ichki olamining suratlari bo'lgan ruhiy kechinma, his-tuyg'ularni tasvirlaydi. Ayni paytda, bu turdagi asarlarning yaratilishida hayot hodisalarining ham o'rni borligini ta'kid- lash zarur. Negaki odamning tuyg'ulari o'z-o'zidan qo'zg'alib, harakat- ga kelavermaydi. Unga ijtimoiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy hodisalar sabab bo'ladi. Odam bekorga xursand bo'lmagani kabi behudaga iz- tirob chekavermaydi. Hodisalar ruhiyatda kechinmalarga sabab bo'la- di, sabablar tuyg'ularni ifodalashga turtki beradi va buning natijasida shoirlarning ong-u shuurida she'r tug'iladi.

Lirik asarlar, ya'ni she'riyatning qator o'ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, lirik asarlar, asosan, she'riy shaklda yoziladi. She'riy shakl deyilganda, vaznga solinishi, qofiyalanishi, ma'lum satrlar yig'indisi bo'lmish bandlardan iborat bo'lishi nazarda tutiladi. O'zbek she'riyatida barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari keng qo'llab ke- linmoqda. Ikkinchisi, eng asosiysi, unda insonning ruhiy holat va ke- chinmalari qalamga olinadi. Uchinchisi, ko'p hollarda poetik maqsad talabi bilan inversiya (gap bo'laklarining o'zgargan tartibi)ga murojaat qilinadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, shoirlarning ijodiy izlanishlari natijasi o'laroq XX asr boshlaridan adabiyotimizda nasrdagi she'rlar (nasrdagi nazmlar, mansuralar) paydo bo'ldi. Bunday she'rlar Fitrat, G'afur G'ulom, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon kabi shoirlar ijodida uchraydi.