Ma Mingyu
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 4-fevral 1970-yil | ||
Tavallud joyi | Chongqing, Sichuan, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990—1994 | Sichuan Quanxing | ||
1995—1996 | Guangdong Hongyuan | 42 | (9) |
1997—2000 | Sichuan Quanxing | 88 | (8) |
2000—2001 | Perugia | 0 | (0) |
2001—2003 | Sichuan Guancheng | 65 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
1996—2002 | Xitoy | 86 | (12) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ma Mingyu (1970-yil 4-fevralda Sichuanning Chongqing shahrida tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi. U faoliyatining koʻp qismida Sichuan Quanxing vakili boʻlgan va ular bilan bir necha marta chempion boʻlgan. U shuningdek, Guangdong Xongyuan va Italiya A Seriyasining „Perudja“ jamoasini himoya qilgan. Xalqaro miqyosda u 1996-yilgi OFK Osiyo kubogi, 2000-yilgi Osiyo kubogi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida Xitoy sardori boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma Mingyu asosan Xitoyning yuqori divizion vakili „Sichuan Guancheng“ klubida oʻynagan va u yerda futbolchilik faoliyati davomida ular bilan bir necha bor chempion boʻlgan. Ma 1994-yilgi ligada 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan[1]. Ma 1995-yil liga mavsumi boshida Guangdong Xongyuanga koʻchib oʻtgan, ammo Guangdong ligada 4-oʻrinni egallagan[2]. Guangdong bilan oʻtkazgan vaqtida u jamoa bilan hech narsa yuta olmagan va 1996-yilgi liga mavsumidan keyin Guangdongni tark etgan[3] va Sichuanga qaytgan.
Ma Mingyu Sichuan Guanchengdagi ikkinchi mavsumda liga mavsumlarida 3-oʻrinni egallagan. Ma Sichuanning chap yarim himoyasida doimiy oʻrinbosar sifatida mustahkam oʻrin olgan. 2000/01-yilgi mavsumda A Seriyadagi „Perudja Kalsio“ jamoasi eʼtiborini tortgan[4]. Biroq, uning Perudjadagi vaqtida hech qanday oʻyinda ishtirok etmagan va u Sichuan Guanchengga qaytib kelgan. 2003-yilgi liga mavsumi oxirida u professional futboldan ketishga qaror qilgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma Mingyu 1996-yil 30-yanvarda 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashida Makaoga qarshi 7:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qilgan[5]. 1996-yil 1-fevralda Filippinga qarshi navbatdagi saralash oʻyinida u oʻzining ilk golini kiritgan[6]. Sardorlik davrida u Xitoyni 2000-yilgi Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻringa olib chiqgan va terma jamoani birinchi FIFA Jahon chempionati turniriga yoʻl olishiga yordan=m bergan.
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 1.02.1996 | Mong Kok stadioni, Koulun, Gonkong | Filippin | 3 — 0 | 7-0 | 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
2. | 30.11.1998 | Surat Thani stadioni, Surat Thani, Tailand | Livan | 2 — 0 | 4-1 | 1998-yil Osiyo oʻyinlari |
3. | 19.12.1998 | Tinsulanon stadioni, Songkhla, Tailand | Tailand | 3 — 0 | 3-0 |
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
1996 | 13 | 3 |
1997 | 23 | 2 |
1998 | 12 | 3 |
1999 | 0 | 0 |
2000 | 16 | 2 |
2001 | 15 | 2 |
2002 | 6 | 0 |
Jami | 85 | 12 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ma Mingyu“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
- ↑ „China League 1995“. rsssf.com (19-iyun 2003-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
- ↑ „China League 1996“. rsssf.com (19-iyun 2003-yil). 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
- ↑ „Ma Mingyu Becomes First Chinese to Join Italian Serie A“. english.peopledaily.com.cn (9-avgust 2000-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
- ↑ „China PR 7–1 Macau“. teamchina.freehostia.com (30-yanvar 1996-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
- ↑ „China PR 7–0 Philippines“. teamchina.freehostia.com (1-fevral 1996-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.