Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Machu picchu

Koordinatalari: 13°09′48″S 72°32′44″W / 13.16333°S 72.54556°W / -13.16333; -72.54556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Machu Picchu (talaffuzi: Machu Pikchu) 15-asrda bunyod etilgan Janubiy Peruning Sharqidagi Kordilyera (balandligi 2430m) togʻ tizmasida joylashgan[1]. Tarixiy yodgorlik Urubamba viloyati MachuPicchu tumani yuqorisida, Muqaddas vodiydan 80 kilometr (50 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan. Urubamba daryosi uning yonidan Kordilyerani kesib oʻtib, tropik togʻ iqlimi hukmron boʻlgan kanyonni hosil qiladi.

Perudagi Machu Picchu tarixiy yodgorligi

Koʻpchilik ingliz yoki ispan tillarida soʻzlashuvchilar Picchudagi birinchi „c“ harfi deyarli talaffuz qilishmaydi. Ingliz tilida bu nom/ˌmɑːtʃuː ˈpiːtʃuː/ yoki /ˌmætʃuː ˈpiːktʃuː/[2], sifatida ispan tilida [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] yoki [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] yoki [ˈmatʃu ˈpitʃuʃ] ([ˈumatʃuʃ] ([ˈumatʃe] va [ˈmatʃe]) sifatida talaffuz qilinadi. Oʻzbek va rus tillarida esa uni Machu Picchu deya atash odat tusiga kirgan.

Inklar mayyalardan farqli oʻlaroq, yozma tilga ega emas edilar va maʼlum boʻlishicha, 19-asrga qadar hech bir yevropalik bu yerga tashrif buyurmagan. Shu sababli, ushbu hududga doir yozma manbalar deyarli yoʻq. Binolarning nomlari, ularning taxminiy foydalanish joylari va aholi soni zamonaviy arxeologlarning ish mahsuli boʻlib, ashyoviy dalillar, jumladan, oʻsha joydagi qabrlar asosida yaratilgan.

Taxminan 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532-yilda toʻsatdan huvillab boʻshab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning eʼtiboridan chetda boʻlgan. Togʻ orqali esuvchi shamollar sabab yemirilishi va oʻt-oʻlanlar qoplashi tufayli shahar asta-sekin yoʻqolib bora boshlagan. Shaharga 1911-yilda amerikalik tarixchi olim Hiram Bingham tasodifan kelib qolgan.

2007-yil 7-iyulda Machu-Picchu jahonning yangi yetti moʻjizasidan biri sifatida tan olinadi. 13-iyul kuni Peru prezidenti Alan Garcia bu kunni bayram sifatida nishonlash haqidagi farmonini imzolaydi.

Bugun Machu-Picchu jahonning eng mashhur sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko shahridan poyezdda kelish mumkin, yoʻlga uch soatcha vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar ham topiladi. Inklar soʻqmogʻi boʻylab chiqish uchun bir necha sutka vaqt ketadi[3].

Machu Picchu 1981-yilda Peru tarixiy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan va 1983-yilda UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 2007-yilda Machu Picchu butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan internet-soʻrovnomada Yangi Dunyoning yetti moʻjizasi sifatida eʼtirof etilgan[4].

Kechua tilida machu soʻzi „qari“ yoki „keksa odam“ degan maʼnoni anglatadi, picchu esa „kokaning maydalangan qismi“ yoki „piramida; uchli, koʻp qirrali qattiq konus“ degan maʼnolarni bildiradi[5]. Shunday qilib, yodgorlik nomi baʼzan „eski togʻ“ deb talqin qilinadi. Yodgorlik ikkita togʻ choʻqqilari: Machu-Picchu va Huayna-Picchu orasidagi tor egarda joylashgan.

Machu Picchu, Peru

Machu Picchu (Yale universitetining antropologiya professori Richard L. Burger fikrlariga koʻra) 1450-yillarda barpo etilgan deb hisoblangan[6]. Biroq, 2021-yilda Richard Burger boshchiligidagi tadqiqotchilar Machu Picchu milodiy 1420 – 1530-yillarda bunyod etilgan boʻlishi mumkinligini aniqlash uchun radiokarbon tahlilidan (xususan, AMS) foydalanganlar[7]. Qurilish ikki buyuk Inka hukmdori Pachacutec Inca Yupanqui (1438 – 1471) va Tupac Inca Yupanqui (1472 – 1493) tomonidan boshlangan.   Arxeologlar orasida Pachacutec qurilishga buyruq bergan degan konsensus mavjud. Muvaffaqiyatli harbiy yurishdan keyin, ehtimol, chekinish sifatida foydalanish uchun qirollik mulki sifatida qurilgan boʻlishi ham mumkin. Garchi Machu Picchu „qirollik“ mulki hisoblansa-da, u merosxoʻrlarga taqsimlab berilmagan. Toʻgʻrirogʻi, u tashlab ketilgunga qadar 80 yil davomida aholi tomonidan foydalanilgan. Inka imperiyasining boshqa qismlari ispanlar tomonidan bosib olingani tufayli hudud qarovsiz qolgan. Ehtimol, aholisining aksariyati ispan konkistadorlari hududga kelgunga qadar sayohatchilar keltirgan chechakdan vafot etgan boʻlishi mumkin.

Geografik joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Machu Picchu – Peru

Machu-Picchu janubiy yarimsharda, ekvatordan 13,111 daraja janubda joylashgan. U Kusko shahridan 80 kilometr (50 milya) shimoli-gʻarbda, Machu-Picchu togʻining tepasida, oʻrtacha dengiz sathidan taxminan 2,430 metr (7,970 fut) balandlikda, Kuskodan 1000 metr (3,300 fut) pastroqda joylashgan. Shunga koʻra, u Inka poytaxtiga qaraganda iliqroq iqlimga ega boʻlgan. Bu Janubiy Amerikadagi eng muhim arxeologik yodgorliklardan biri boʻlib, Lotin amerikasi va jumladan Perudagi eng koʻp sayyoh tashrif buyuriadigan diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi[8].

Machu-Picchu nam yozi va quruq sovuq qishi bilan ajralib turadi, yillik yomgʻirning asosiy qismi oktyabrdan martgacha boʻlgan davrda yoʻgadi.

Machu Picchu Urubamba daryosining yoyi ustida joylashgan boʻlib, u yodgorlikni uch tomondan oʻrab turadi, u yerda qoyalar daryoga vertikal ravishda joylashgan. Hudud ertalab daryodan koʻtarilgan tumanlar bilan qoplanadi. Shaharning joylashuvi harbiy sir boʻlib, uning chuqur jarliklari va tik togʻlari tabiiy himoya vazifasini bajargan. Pongo-de-Mainikedagi Urubamba daryosi boʻylab Inka oʻt arqonli koʻprigi Inka armiyasi uchun maxfiy kirish eshigi vazifasini bajargan. Yana bir Inka koʻprik Machu-Picchu gʻarbida, daraxt tanasidan qilingan boʻlib, 6 metr (20 fut) oʻlchamdagi qoyada oʻrnatilgan.

Shahar Machu-Picchu va Huayna-Picchu togʻlari oʻrtasidagi egarda joylashgan, uning orqa tomonida ikki vodiyning ajoyib manzarasi va deyarli oʻtib boʻlmaydigan togʻ manzarasi namoyon boʻladi. Unga koʻp yillardan buyon qurimagan buloqlar hududni suv bilan taʼminlaydi. Hududga olib boradigan tepaliklarda ekinlarni yetishtirish va bosqinchilar yetib borishi mumkin boʻlgan qiyaliklardan baland boʻlishi uchun terrasalar bunyod etilgan. Terrasalar tuproq eroziyasini kamaytiradi va koʻchkilardan himoyalaydi. Machu-Picchudagi ikkita baland binolar turkumi togʻlarni kesib oʻtib, Kusko shahriga tomon yoʻnaladi. Binolarning biri Quyosh darvozasi orqali, ikkinchisi esa Inka koʻprigi orqali kirish yoʻllariga ega. Agar bosqinchilar binolarga yaqinlashsa, ikkala yoʻlni ham osongina toʻsib qoʻyish mumkin boʻlgan.

Machu Picchuga 2016-yil dekabrda uyushtirilgan sayohat

Machu Picchu ham madaniy, ham tabiiy UNESCOning Jahon merosi obyekti hisoblanadi. 1911-yilda qayta kashf etilganidan buyon, yillik sayyohlar soni ortib bormoqda, ularning soni 2017-yilda 1,4 milliondan oshdi. Peruning eng koʻp tashrif buyuriladigan turistik diqqatga sazovor joyi va asosiy daromad manbai boʻlgan hududi sifatida ham etirof etiladi. 1990-yillarning oxirida, Peru hukumati teleferik va hashamatli mehmonxona, jumladan, butiklar va restoranlarga ega sayyohlik majmuasi, hamda bu yerga koʻprik qurilishiga ruxsat beradigan koʻplab imtiyozlar joriy etgan[9]. Koʻp odamlar, jumladan, peruliklar va chet ellik olimlar, koʻplab tashrif buyuruvchilar ham yangi quriluvchi binolarning qadimiy xarobalarga jismoniy yuk boʻlishini aytib, qurilish rejalarga norozilik bildirishgan. 2018-yilda peruliklarni Machu-Picchuga tashrif buyurish va ichki turizmni rivojlantirish uchun yana zamonaviy inshootlar qurish rejalari qayta tiklanadi. Machu Picchuning tepasida parvozlar taqiqlangan hudud mavjud. UNESCO Machu Picchuni xavf ostidagi Jahon merosi roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqmoqda.

1980-yillarda Machu-Picchuning markaziy maydonidagi katta tosh, vertolyotda qoʻnish zonasini yaratish uchun boshqa joyga koʻchiriladi. 1990-yillarda hukumat vertolyot qoʻnishini taqiqlagan. 2006-yilda Kuskoda joylashgan Helicusco kompaniyasi Machu-Picchu ustidan sayyohlik parvozlarini amalga oshirishga ruxsat olishga urinib koʻradi. Natijada litsenziya tez orada bekor qilinadi.

Turistlarning oʻlimi odatda, balandlikdan qoʻrqish, suv toshqini va piyoda yurishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar bilan bogʻliq. UNESCO tomonidan yer koʻchkilari, zilzilalar va chirigan tuzilmalar tufayli jarohatlanish xavfi yuqori boʻlgan joyda sayyohlarga sayr qilishga ruxsat berilgani uchun tanqid qilingan.

2014-yilda Machu-Picchuda turizm tendentsiya kuchaya boshlagan va Peru Madaniyat vazirligi bu faoliyatni qoralagan. Kuskoning mintaqaviy madaniyat direktori amaliyotni tugatish uchun kuzatuvni kuchaytirgan[10].

1994-yildan 2019-yilgacha Machu-Picchu milliy arxeologik bogʻining boshligʻi Peru antropologi va arxeologi Fernando Astete boʻlib, u oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida yodgorlikni saqlash va tadqiq qilish boʻyicha ishlab kelgan. Uning park direktori sifatida olib borgan tadqiqotlari natijasida qoʻriqxonaning qurilish jarayonlari va funksiyalari ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan va keng jamoatchilikka Inka landshafti haqida yaxshiroq tushuncha berishga erishilgan.

  1. „Machu Pikchu tarixiy qo`riqxonasi“.
  2. „Machu Picchu so`zi transkripsiyasi“.
  3. „Machu-Pikchu - Inklarning sinoatli shahri“ (15:00 / 09.07.2017).
  4. „Yangi dunyoning yetti mo`jizasi“.
  5. Teofilo Laime Ajacopa. Ikki tilli lug`at: kechua-ispancha, 2007. 
  6. [L. Burger]. Machu Picchu mo`jizalari, Jan 1, 2004 — 230-bet. 
  7. Mayk Cummings. „Machu Picchudagi katta o'rganish“ (2021-yil 4-iyun).
  8. [Davies]. Peruning qadimgi qirolliklari, 1997 — 220-bet. 
  9. Collyns, Dan. „Machu Picchudagi ko`prik suvlarini qo'zg'atadi“. BBC (2007-yil 1-fevral).
  10. Evie, Lui. „Peru sayyohlarga: "Machu-Pikchuda yalang'och yurishni bas qiling!"“. CNN chanel (2014-yil 20-mart).

13°09′48″S 72°32′44″W / 13.16333°S 72.54556°W / -13.16333; -72.54556