Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Madhiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat boʻlishi mumkin.

Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi hukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (masalan, Navoiy Hamsasidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dehlaviy, Jomiy madhi). Madhiya harakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muhammad va boshqalar) yozilishi mumkin.

Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham madhiya hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn).<refname;"Referenca">OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>

Gimn (yunoncha: hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan gimnlar paydo boʻlgan.<refname;"Referenca"/>

Malumot o'rnida, O'zbekiston Respublikasi ham o'z masdhiyasiga ega va Davlat Madhiyasi O'zbekiston Respublikasi ramzi hisoblanadi.