Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Mamadali Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Мамадали Қурбонович Қурбонов
рус. Мамадали Курбанович Курбанов
Tavalludi 1905
 Kyrgyzstan Qadamjoy tumanida
Vafoti 14.05.1976
 Kyrgyzstan Oʻsh shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Kyrgyzstan
Turmush oʻrtogʻi Rahimaxon Tojiboyevna Qurbonova (Sultonova) (1928-2006)  Kyrgyzstan Oʻsh shahrida tugʻilgan.
Bolalari Dilshod, Sergo-Shahzoda (22.04.1964 yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans-Atlantik“ MChJ egasi[1], ikki qizi Toshkent shahrida yashaydi.
Otasi Qurbon
Mukofotlari Lenin ordeni (1939 yil), „Hurmat belgisi“ ordeni (1940), Lenin ordeni (1944), 2 darajali , koʻplab medallar, Tojikiston va Qirgʻiziston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Mamadali Qurbonovich Qurbonov (1905 – 14-may 1976) – Tojikiston Bosh vaziri (1937-1946 yillar), SSSR Oliy Kengashining 1 va 2 chaqirilishdagi deputati, Oʻsh shahar va Oʻsh viloyati ijroiya qoʻmitalari raisi.

Mamadali Qurbonov (yanvar 1905-1976 yil) Oʻsh uyezdi Qadamjoy tumanining Uchqoʻrgʻon qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan, millati tojik. Oʻrta maʼlumotga ega edi, togʻ-kon fakulteti qoshidagi ishchilar kurslarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qizilqiya koʻmir konida konchilikdan boshlagan. 1930 yildan VKP(b) aʼzosi. Qizilqiya koʻmir konidan taniqli davlat arboblari chiqqan. Jumladan, konchi Toʻraboy Qulatov Qirgʻiziston SSR xalq komissarlari kengashi raisi, soʻngra esa Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi raisi boʻlgan, Mamadali Qurbonov esa 1937 yildan 1946 yilgacha Tojikiston SSR xalq komissarlari raisi lavozimida ishlagan.

16-sentabr 1937 yildan aprel 1946 yilgacha Tojikiston SSR xalq komissarlari kengashi – Vazirlar kengashi raisi. Tojikiston SSR Hukumati raisligiga Tojikiston SSR Kompartiyasi 3 sʼyezdida tasdiqlangan. Uning bevosita rahbarligi ostida Tojikistonning poytaxti Dushanba shahri, Pomirga olib boruvchi Oʻsh-Xorugʻ avtomagistral yoʻli, Tojikistondagi birinchi Varzob GESi va boshqa obʼyektlar qurildi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrlarda Tojikiston frontga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, oziq-ovqatlarni, paxtani, qurol-yaroqlarni va boshqa mahsulotlarni yetkazardi. 21 mart 1939 yil-5-oktabr 1952 yil VKP(B) markaziy revizion komissiyasi aʼzosi, 1939 yil va 1941 yil TsK KPSS sʼyezdlarida tasdiqlangan. Mamadali Qurbonov SSSR Hukumati qarorlari bilan 17-oktabr 1939 yili Lenin ordeni (Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligida yuksak yutuqlarga erishgani va paxta planini oshigʻi bilan bajargani uchun), 28-aprel 1940 yili „Hurmat belgisi“ ordeni (SSSRda eng buyuk boʻlgan irrigatsiya inshooti I.Stalin nomli Katta Fargʻona kanali qurilishida faol qatnashgani va bunda koʻrsatgan yutuqlari uchun). 3-yanvar 1944 yili Lenin ordeni bilan ikkinchi marta taqdirlangan.

Mamadali Qurbonov Oʻsh shahri rahbari lavozimida ishlab turganda, Oʻshda Oʻsh pedagogika oliygoxi binosi (hozirda Oʻsh davlat dorilfununi bosh binosi), Oqbura daryosi ustidagi katta temir-beton koʻprik (birinchi marta shaharni oʻng va chap qirgʻogʻi bilan tutashtirgan), xalqaro avtomatik telefon stantsiyasi qurildi va ekspluatatsiyaga topshirildi. 1957 yili Oʻsh shahrining asosiy qismi ariq suvi oʻrniga ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Oʻsh shahrida 1959 yili SSSRda (Kishinyovdan keyin) ikkinchi boʻlgan artezian quduqlardan suv tortuvchi nasoslarni ishlab chiqarish korxonasi qurildi.

1960-1967 yillari – Oʻsh-Xorugʻ avtomagistralidan Tojikistonga xalq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib beradigan Pomir ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi bosh direktori. Uning rahbarligida 1120 ta odam ishlardi.

1960 yildan – Qurbonov Ittifoq miqyosidagi shaxsiy pensioner.

Tojikistonning Qulob tumani okrugidan 1 va 2 chaqirilishdagi SSSR Oliy Kengashi deputati, byudjet komissiyasi aʼzosi. Tojikiston SSR Oliy Kengashi deputati (1937-1948 yillar). Oʻsh viloyati kengashi va Oʻsh shahar kengashi deputati.

KPSS MQ Siyosiy byurosi aʼzosi Anastas Mikoyan bilan doʻst boʻlishgan[2]. Oʻgʻli Sergo-Shahzoda (22-aprel 1964 yil) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, Oʻsh shahridagi 15 sonli maktabni va onasi koʻmilgan Oʻsh shahridagi yangi avtoshohbekat oldidagi qabristonni obod qilgan.

Mamadali Qurbonov 14-may 1976 yili vafot etgan va u Sulaymon togʻining janubiy qoyasi tomonidagi qabristoniga, unga minnatdor boʻlgan minglab shaharliklar ishtirokida dafn etilgan.

  • Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898-1991 godi.
  • Tojikiston Ensiklopediyasi.
  • Kommunistik Ensiklopediya.
  • Kniga „Dokumenti sovetskoy istorii“. Sovetskoye rukovodstvo perepiska. 1928-1941 g. chast 5. str.379.
  • Lichnoye delo deputata Verxovnogo Soveta SSSR 2 soziva Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № R7523 48 598 iz 9 listov).
  • Lichnoye delo Mamadali Kurbanova xranitsya v Gosudarstvennom arxive RF (lichnoye delo № 544 iz 19 listov) dati dela: 12-dekabrya 1937-10-fevralya 1946.

Olgan mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini Rahimaxon tomonidan qarindoshlari:

  1. Курбанов_Серго_Мамадалиевич
  2. S Mikoyanom drujbu vodil i gorodom rukovodil…, 2018-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-21
  3. Uch-Korgon – selo kulturnogo raznoobraziya
  4. Sergo Mamadalievich[sayt ishlamaydi]
Avval kelgan:
Urumbay Ashurov

Tojikiston Bosh vaziri

16-sentabr 1937-aprel 1946
Keyin kelgan:<br./>Djabar Rasulov