Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Managua

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ManaguaNikaragua poytaxti, mamlakatning sanoat va madaniy markazi. Managua koʻlining janubi-sharqiy sohilida, 60 m balandliqda joylashgan. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik temperatura 27°. Yiliga oʻrtacha 1210 mm yogʻin yogʻadi. Atrofidagi shaharlar bilan mustaqil maʼmuriy birlik — milliy okrugni tashkil etadi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxiri).

Managuaga ispanlar tomonidan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1846-yildan shahar maqomini olgan. 1858-yildan Nikaragua poytaxti. 1912—25 va 1926— 33 yillarda shaharni AQSH qoʻshinlari ishgʻol qilib turgan. Managua shahridagi zamonaviy binolar.

Managua— temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Panamerika shossesi shaharni Meksika shaharlari va Markaziy Amerika davlatlari poytaxtlari bilan bogʻlaydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. M.da koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat, metallsozlik, mebel, sement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. M.da Markaziy Amerika universiteti boʻlimi, Milliy universitet fakultetlari, texnika instituti, milliy arxiv, milliy muzey, milliy teatr bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Milliy saroy, ratusha, sobor saqlangan. Zamonaviy binolardan Prezident saroyi, vakolatxonalar, hukumat bi-nolari, mehmonxona qurilgan. Shahardan 22 km sharqda Tipitapa balneologik kurorti joylashgan. Shahar 3 marotaba (1885, 1931, 1972) kuchli zil-zyladan vayron boʻlib, qayta tiklangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil