Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Mastaba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mastaba (arab. — tosh oʻrindiq) — Qad. Misr maqbaralarining nomi. Dastlabki M. qoldiklari mil. av. 3000— 2800 yillikka oid (Misr). Bu M.lar uyga oʻxshatib gʻisht bilan krplangan qumtepalardan iborat. Ularning yonlariga ibodat qilinadigan maxsus xona hamda dafn anjomlari qoʻyiladigan yertoʻla ham qurilgan. Keyinchalik M.lar faqat toshdan qurilgan. Ularda ibodat qilinadigan hamda marhumning haykalchasi qoʻyiladigan xonalar boʻlgan. Ibodat qilinadigan xona devoriga diniy va maishiy mavzularda rasmlar oʻyib ishlangan. Qad. Misrdagi I va II sulola davrida M.lar firʼavnlar maqbarasi xizmatini oʻtadi. III suloladan boshlab M.lar oʻrniga firʼavnlar oʻzlari uchun ehrom (piramida)lar qurdira boshladilar. Zodagonlar shu ehromlar yoniga oʻzlari va yaqinlari uchun M.lar qurdirgan. Bunday ehrom va M.lar majmuasi Misrda koʻp (Giza, Sakkara, Medum, Peskum va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil