Melitopol
Qiyofa
Melitopol ukraincha: Мелітополь | |
---|---|
46°50′56″N 35°22′3″E / 46.84889°N 35.36750°E | |
Mamlakat | Ukraina |
{{{mintaqa_turi}}} | Zaporojye viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Ivan Fedorov |
Asos solingan | 1784 |
Ilk eslatilishi | 1842 |
Maydon | 49.69 km2 (19.19 kv mi) |
Aholisi (2022) |
149 926 |
Telefon kodi | +38 619(2) |
Pochta indeks(lar)i | 72300-72319 |
|
Melitopol (ukraincha: Мелітополь) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1841-yildan). Molochna daryosi boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 178,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mashinasozlik yetakchi oʻrinda. Yirik korxonalari: motor ("Zaporojets" va "Volin" yengil avtomobillari uchun kuch agregatlari ishlab chiqariladi), sovitkichlar, traktor gidroagregatlari, oziq-ovqat mashinasozligi, kompressor zavodlari. Oziq-ovqat (goʻsht kombinati, sut, konserva, moy ekstraksiya zavodlari), yengil (tikuvchilik, trikotaj fabrikalari) sanoatlari rivojlangan. Pedagogika va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash institutlari, 2 texnikum, 2 oliy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Melitopolga 1784-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |