Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Molasslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molasslar (frans. moleasse, lot. mollis — yumshoq) — burmalangan mintakalar rivojlanishining orogen bosqichida litosfera plitalarining orasida siqilishi natijasida hosil boʻlgan togʻ jinslari kompleksi. M. deyarli da-gʻal boʻlakli jinslar majmuasidan iborat. Asosan, togʻ oddi va togʻ etagi maydonlarida yotqizilgan boʻlib, qumtosh, alevrolit, konglomerat, gil, mergel va ohaktosh qatlamlaridan tashkil topgan. Alp togʻlari yaqinida M.ning qalinligi 2500–3000 m. Markaziy Osiyoda kaynozoy erasiga mansub M. oʻrganilib. ular chekka (geosinklinal oblastlar) va kontinental turlar hamda mayda stratigrafik boʻlimlarga ajratilgan. M. dengizdagi kulrang gillar, alevrolitlar va qumtoshlardan tashkil topgan quyi va kontinental konglomerat lardan tuzilgan yuqori qismlarga boʻlinadi. Koʻpincha M. tarkibiga eva-poritlar va koʻmir yotqiziklari kiradi, quyi M.lar esa neft va gazli (mas, Kavkazda). Vulkanik togʻ jinslari boʻlaklaridan tuzilgan qatlamlar vulkanogen M.lar deb yuritiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil