Mozambik boʻgʻozi
Qiyofa
Mozambik boʻgʻozi (fransuzcha: Canal du Mozambique, malagasicha: Lakandranon'i Mozambika, portugalcha: Canal de Moçambique) — Hind okeanidagi boʻgʻoz. Ushbu boʻgʻoz Madagaskar oroli bilan Afrika oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1760 km, eng kambar joyining kengligi 422 km, farvaterida eng sayoz yerining chuqurligi 117 m. Mozambik boʻgʻozida suv oqimi, asosan, shimoldan janubga yoʻnalgan. Portlari: Mozambik, Beyra va Madxadzanga hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Japanese Submarines at Madagascar and the Mozambique Channel (Wayback Machine saytida 2017-01-05 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |