Muhammad ibn Hatim
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Muhammad ibn Hatim (arabcha: محمد بن حاتم, oʻqilishi: Muḥammad ibn Ḥātim) 1328-1329-yillarda Yamanda oʻn ikkinchi Toyyibiy ismoiliy daʼī al-muṭlaq lavzimida ishlagan[1].
Muhammad ibn Hatimning hukmronlik davri Yaman daʼilari orasida eng qisqa muddatlilardan biri boʻlgan.
U Ibrohim ibn al-Husayndan keyin bu lavozimga kelgan va oʻz navbatida uning oʻrnini Ibrohimning oʻgʻli Ali Shamsuddin I egallagan[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U sakkizinchi daʼi, al-Husayn ibn Alining nabirasi edi. Uning Ali, Abdulmuttalib va Abbos ismli uch oʻgʻli boʻlgan.
Qabri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning qabri, oʻn birinchi va oʻn uchinchi daʼilarning qabrlari bilan birga, yaqin vaqtgacha yashirin holatda boʻlgan va keng ommaga nomaʼlum holda saqlangan. Keyinchalik, Yaman arxeologiya boshqarmasi va u yerda yashovchi Dovudiy Bohralar hamkorligida ushbu qabrlar Hisn Afida degan joyda ekanligi aniqlangan. 2018-yil 25-noyabrda 53-daʼi al-muṭlaq Mufaddal Sayfuddin bu qabrlarning mavjudligini oshkor qilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hisn Afidada uchta da’ining qabri aniqlangan
-
Sana yaqinidagi al-Mahariq hududida joylashgan Hisn Afida tepaligiда 11-, 12-, 13- va 15-da’ilarning qabrlari joylashgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Daftary 2007, s. 268.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.