Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Muizza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muizza (arabcha: مُعِزّة — Muhammad sallolohi alayhi vasallamning mushuklari[1][2].

Hadisga koʻra, agar mushuk u kishining kiyimlarida uxlab qolsa, Muhammad (s.a.v.) uni uygʻotmagan, balki boshqa kiyimlarini kiyganlar. Afsonaga koʻra, bir kuni Muizza u kishining kiyimlarining yengida uxlab qoladi, shunda paygʻambarimiz alayhisalom mushukning uyqusiga xalaqit bermaslik uchun kiyimlarining yengidan bir boʻlak kesib olib unga xalaqit bermaganlar. Muizza Muhammad (s.a.v.) vaʼzlari davomida koʻpincha u kishining tizzalarida yotgan[1][2].

Muhammad (s.a.v.) uni qattiq yoqtirganlar va unga gʻamxoʻrlik qilganlar.

Shu bois unga مُعِزّة (muizza) „ulugʻlangan“ deb laqab qoʻyganlar.

Ulamolarimiz aytadilarki, Muhammad alayhisalomning mushugi Habash naslidan, oq rangli, koʻzlari har xil rangda boʻlgan[3]. U tufayli barcha mushuklarga masjidga kirishi, shu jumladan Masjidul-Haromga kirishiga ruxsat berilgan[4]. Koʻplab hadislarda Muhammad (s.a.v.) mushuklarni oʻldirishni taqiqlagan[5].

Abu Dovud 75-son, Termiziy 92-son, Nasoiy 68-son va Ibn Moja 367-sonli hadislari mushukning toza hayvon ekanligini tasdiqlaydi (najas emas), shuning uchun unga tegish tahoratni buzmaydi.

  1. 1,0 1,1 When Cats Reigned Like Kings: On the Trail of the Sacred Cats. Andoza:Нп3, 2004. ISBN 0-7407-4697-9. 
  2. 2,0 2,1 Stall, Sam. 100 Cats Who Changed Civilization: History's Most Influential Felines. Quirk Books, 2007. ISBN 978-1-59474-163-0. 
  3. „8. Кошка Муизза (хозяин — Пророк Мухаммад(S.A.V.) // Список чего-то там*2. Знаменитые питомцы. Част II.“. kanobu.ru (2014-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 29-yanvar.
  4. Domashnie Koshki[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  5. Campo, Juan Eduardo. Encyclopedia of Islam. Infobase Publishing, 2009 — 131-bet. ISBN 1438126964.