Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Munitsipalitet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munitsipalitet (nemischa: Munizipalität , fransuzcha: municipalité, lotincha: municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega oʻzini-oʻzi boshqaruvchi maʼmuriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar, shahar tipidagi qishloq yoki qishloq). Ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina munitsipalitet deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ munitsipalitet deb ataladi, u munitsipal yigʻilish va mahalliy maʼmuriyat boshligʻi (munitsipalitet rahbari)ni oʻz ichiga oladi. munitsipalitet tegishli maʼmuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitutsiyaviy huquqda xalq-huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, munitsipalitet mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoʻyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boʻladi. Munitsipalitet munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi boʻlishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot boʻyicha turli muassasalarni boshqaradi. munitsipalitetning asosiy daromad manbai aholidan yigʻiladigan mahalliy soliqlardir.[1]

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi maʼmuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

  • Shahar munitsipalitetlari — (odatda yirik) shahar va oʻsha darajadagi mavjud boʻlgan asosan qishloq tumanlarini oʻz ichiga oluvchi maʼmuriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatda mer va shahar kengashi (yoki munitsipal kengash) hisoblanadi.
  • Ayrim mamlakatlarda yagona aniqlangan darajadagi (odatda 2- yoki 3-) maʼmuriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Koʻpchilik bunday mamlakatlarda munitsipalitet — saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik maʼmuriy birlik.

Boshqa mamlakatlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar maʼmuriy birligi hisoblanadi:

Munitsipal sifati shuningdek Rossiya, Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi obʼyektlariga nisbatan qoʻllanadi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil