Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Mursal hadis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mursal hadis (arabcha: المرسل) — Mursal soʻzi lugʻatda "qoʻyib yuborilgan" degan maʼnoni anglatadi. (الحديث المرسل — Mursal hadis) — sanadidan sahoba tushib qolgan hadisdir[1]. Mursal hadis aslida zaif qismlar turkumiga kiradi. Chunki unda maqbul hadisning shartlaridan biri boʻlgan muttasil sanad boʻlmaydi. Masalan, Tobein: "Rasululloh bunday dedilar", yo "bunday qildilar", yo "Rasulullohning huzurlarida bunday ish qilindi", deydi, vaholanki, oʻzi Rasulullohni koʻrmagan, Rasulullohni koʻrib shularni unga gapirib bergan kishining esa ismini aytmay tashlab ketgan. Ana shunday hadis muhaddislar istilohida mursal, yaʼni isnodining oxiri qoʻyib yuborilgan, deyiladi[2].

  1. Doktor Mahmud Tohhon. "Taysiru mustalah al-hadis", 87-bet.
  2. Jaloliddin Hamraqulov. Hadis ilmi istilohlari. -T.: "Movarounnahr". 2014. -B.102.