Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Musiqiy albom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
CD-albom

Musiqiy albom deb standart formatda chiqarilgan musiqiy asarlar toʻplamiga aytiladi. „Albom“ atamasidan foydalanishga birga sotilayotgan bir necha gramplastinkalarning albomsimon muqovaga solinishi turtki boʻlgan.

Hajmiga koʻra

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • LP (inglizcha: long play) yoki standart albom — bitta 12 dyuymlik plastinka yoki kompakt-diskda chiqarilgan albom; 30-80 daqiqa davomiylikdagi musiqa yoziladi.
  • EP (inglizcha: extended play) yoki mini-albom — LPdan kichik, lekin singldan kattaroq albom[1].
  • Boks-set (inglizcha: box set) — bir necha LPlardan iborat toʻplam.

Tarkibiga koʻra

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Studiyaviy albom — ovoz yozish studiyasida yozilgan albom.
  • Jonli albom — jonli ijro (konsertlar) paytida yozib olingan albom[2].
  • Terma — bir yoki bir necha ijrochining asarlari yigʻilgan albom.

Boshqa turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Butleg — norasmiy albom. Yashirin, odatda noqonuniy yoʻl bilan chiqariladi.
  • Demo — ijrochining asarlarini namoyish etish va baholash maqsadida chiqarilgan sinov albomi.
  • Konseptual albom — tarkibidagi asarlari maʼlum bir gʻoya (konsepsiya) atrofida birlashgan albom.
  • Saundtrek yoki ovoz yoʻlakchasi — filmda ishlatilgan musiqiy asarlar toʻplami.
  1. „As albums fade away, music industry looks to shorter records“. timesfreepress.com. 10-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
  2. „Live or Multitrack?“ (inglizcha). www.redlightrecords.com. 26-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.