Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Nicolae Ceaușescu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nicolae Ceaușescu (1918.26.1, Olt uyezdi, Skornicheshti qishlogʻi — 1989. 22.12, Buxarest) — Ruminiyada diktatorlik rejimi oʻrnatgan hukmdor. 1955 yildan Ruminiya kompartiyasi rahbariyatida (1965 yildan esa bosh kotibi). Davlat kengashi raisi boʻlgan (1967—74). Ruminiya prezidenti (1974—89). Xalq qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyatdan agʻdarilib, otib tashlangan.