Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador“ faxriy unvoni — jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida chorvachilik fermasi fonida oʻtlab yurgan qoʻy podasi va otliq choʻpon, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN CHORVADOR“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.