Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Okeaniya tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okeaniya tillari – avstronez tillariga mansub malayziya-polineziya tarmogʻining sharqiy tarmoqchasiga kiruvchi tillar. Okeaniya tillari taxminan 450 ta boʻlib, ularda 2,5 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Okeaniyaning Mariana orollaridan, Yangi Gvineyadan sharq tomonroqda joylashgan hududlarida tarqalgan. Okeaniya tillari shartli ravishda 21 guruhga, guruhlar esa guruhchalarga boʻlinadi. Koʻpchilik Okeaniya tillarining fonologik tarkibi sodda; 3 qator portlovchi undoshlari: jarangsiz, jarangli va burun un-doshlari mavjud boʻlib, xreil boʻlish oʻrniga qarab 5 ga ajratiladi. Grammatik jihatdan Okeaniya tillari analitik tillarga mansub, har bir soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlari bor.

19-asr va 20-asr boshlarida bir necha oʻnlab Okeaniya tillari uchun lotin grafikasi asosida yozuvlar yaratilgan, lekin bu tillar koʻpincha adabiy til sifatida rivojlanmadi. Okeaniya tillarini oʻrganish 19-asrda boshlanib, 20-asr 50-yillarida avj olgan boʻlsada, ularning koʻpchiligi amalda hanuz tavsif etilmagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil