Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Olga Xarlan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olga Xarlan

Xarlan 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 4-sentyabr 1990-yil (1990-09-04) (34 yosh)
Mykolaiv, USSR, SSSR
Boʻyi 1.72 m
Vazni 63 kg
Sport
Mamlakat Ukraina
Qaysi sport Qilichbozlik
Faol tomoni oʻnaqay

Olha Gennadiyevna Xarlan (ukraincha: Ольга Геннадіївна Харлан; 1990-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — ukrainalik qilichboz[1][2]. Qilichbozlik boʻyicha ayollar oʻrtasida toʻrt karra jahon chempioni va toʻrt karra olimpiya oʻyinlari sovrindori[3][4]. 2012-14, 2017-18 va 2019-21-yillarda ayollar oʻrtasida qilichbozlikning sablya yoʻnalishidagi reytingda 1-oʻrinda qayd etilgan[4].

Xarlan, shuningdek, sablya yoʻnalishida ikki karra jamoaviy jahon chempioni, olti karra individual Yevropa chempioni va ikki karra jamoaviy Yevropa chempioni. Toʻrt karra Olimpiya chempioni, 2008-yilgi olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqa (Ukraina) gʻolibasi, 2016-yilgi oʻyinlarida jamoaviy musobaqa kumush medal sohibasi va yakkalik bahslarida ikki karra olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori. Xarlan 2008-yilgi Pekin olimpiadasi, 2012-yilgi London olimpiadasi, 2016-yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasi va 2020-yilgi Tokio olimpiadasida ishtirok etgan.

Xarlan nomi Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (Fédération Internationale d’Escrime; FIE) shon-sharaf zaliga kiritilgan[5]. Qisqa vaqt davomida siyosiy siyosiy faoliyat ham olib borgan.

2023-yil 27-iyul kuni Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Mazkur turnir olimpiya oʻyinlari uchun muhim ochkolarni taqdim etishi bilan boshqalaridan ajralib turgan. Xarlan rossiyalik Anna Smirnovani 15-7 hisobida magʻlub etgan. Magʻlubiyatdan soʻng Smirnova tabriklash uchun qoʻlini Xarlanga uzatgan. Xarlan esa Smirnovaga javoban qilichini uzatgan. Smirnova bu holatni oʻziga nisbatan hurmatsizlik va Rossiya-Ukraina urushiga ishora deb hisoblagan. Tashkilotchilarga keskin eʼtiroz bildirgan. 45 daqiqa davomida (qilichbozlik bahslari oʻtkaziladigan) yoʻlakni tark etmagan. Smirnovaning eʼtirozlaridan soʻng, Xarlanga qora kartochka koʻrsatilib, musobaqadan chetlashtirilgan. Ukraina delegatsiyasi apellyatsiya arizasi bilan chiqdi. Ertasi kuni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bach Xarlan 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishi mumkinligi haqida maʼlum qilgan[6]. Bundan tashqari, XOQ bilan maslahatlashganidan soʻng, FIE Xarlanga nisbatan chiqarilgan musobaqadan chetlatish haqidagi qarorini bekor qilgan va jamoaviy musobaqada qatnashish imkoniyatini bergan[2]. Biroq, bu paytga kelib yakkalik musobaqalari yakunlanib boʻlgan edi. Shu sababli Xarlan oʻz faoliyatidagi beshinchi jahon chempionatida (yakkalik bahslarida) ishtirok eta olmagan.

  1. „Olga Kharlan: Fencing – Athlete Profile“. Red Bull. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  2. 2,0 2,1 Yevhen Kizilov. „Ukrainian fencer gets automatically qualified for Olympics“ (English). Ukrainska Pravda (2023-yil 28-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  3. Olga Xarlan: Na olіmpіadі mi vzyali svoє, a kitayanok navіt shkoda, Shampion (22 October 2008) (ukraincha)
  4. 4,0 4,1 „Kharlan Olga“. The International Fencing Federation official website. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
  5. „Ольга Харлан: На олімпіаді ми взяли своє, а китаянок навіть шкода“ (uk). Bigmir.net (2010-yil 8-aprel). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  6. „Kharlan thanks ‘multi-million country of Heroes’ for support after IOC offers olive branch of Olympic license“. Yahoo News (2023-yil 29-iyul).