Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Olivin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olivin (lotincha: oliva — zaytun; nomi zaytunsimon-yashil-xrizotil rangidan) — ortosilikatlar kichik sinfiga mansub minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi (Mg)2Fe)2[Si04]. Unda 8— 12 %, baʼzan 20 % GʻeO va 45-50% MgO boʻladi. O. guruhiga forsterit Mg2[SiOJ, fayalit Fe2[SiO4], tefroit Mn2[Si04], knebelit (Gʻe, Mn)2[SiO4], montichellit CaMg[SiOJ, izomorf qatorli minerallar — gortonolit (MgFe)2[SiO4J, pikrotefroit (Mn, Mg)2[SiO4] kiradi. O. Tarkibidagi Mg, Fe, Mn izomorf shaklida Ni, Co, Sa, Sg bilan almashadi. Tarkibida fayalit molekulali O. tabiatda koʻproq tarqalgan (10—30%), marganets qoʻshilgan molekulali turlari kamroquchraydi. Romb singoniyada kristallanadi. Donador agregat va kristallar holida boʻladi. Rangi sargʻish-yashil, sariq, zaytun rangli, shaffof. Qattiqpigi 6,5—7; zichligi 3,2—4,4 g/sm3. O. asosli va oʻta asosli jinslar (dunit, peridotit, gabbro, bazalt, pikrit va boshqalar) hosil qiladi. U topilgan joyda koʻpincha nikel, xrom, temir konlari boʻladi. O.ning shaffof sariqyashil turi — zabarjad (xrizolit yoki peridot) qimmatbaxr tosh hisoblanadi. Forsterit — oʻtga chidamli materiallar uchun xom ashyo.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil