Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Osmotik bosim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osmotik bosim, diffuziya bosimi — suyuqlikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo boʻladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazuvchi (oʻzidan erituvchini oʻtkazib, erigan moddani oʻtkazmaydigan) parda va osmometr yordamida aniklanadi. Osmotik bosim eritmada erigan moddaning konsentratsiyasini oʻta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga soʻrilishini yuzaga keltirib chiqaradi.

Osmotik bosim bir xil boʻlgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshkasinikiga nisbatan yuqori boʻlsa, gipertonik, past boʻlsa gipotonik eritma deyiladi.

Osmotik bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, oʻsimlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning Osmotik bosimi ularning suyuq mu-hitida erigan moddalarning konsent-ratsiyasiga bogʻliq. Osmotik bosim turgʻunligi suv-tuz almashinuvi bilan taʼminlanadi. Oʻsimliklardagi Osmotik bosim ularning oʻsish sharoitiga bogʻliq.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil