Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Palladio Andrea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PALLADIO (Palladio) (haqiqiy familiyasi di Pyetro) Andrea (1508.30.11, Paduya (?) - 1580.19.8, Vichensa) — italyan meʼmori. Soʻnggi uy-gʻonish davri namoyandasi. Qad. va renessans anʼanalari asosida shahar saroylari (Vichensadagi Kyerikati palatssosi, 1550), shahar tashqarisidagi villalar (Vichensa yaqinidagi "Rotonda", 1551—67), ibodatxona (Venetsiyadagi Il-Redentore, 1592-yilda tugallangan), teatrlar (Vichensadagi Olim-piko teatri, 1580—85) barpo etish us-lubini ishlab chiqqan. Order tizimini ijodiy qoʻllagan holda binolarni shaqar yoki tabiat bilan oʻzaro bogʻlashga erishgan. P. ijodi va uning "Meʼmorlik haqidagi toʻrt kitob" traktati (1570) palladiochilik rivojiga imkon yaratdi, 17—18-asrlar Yevropa meʼmorligi yuksalishiga katta taʼsir koʻrsatdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil