Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Paul Walker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paul Walker

Uolker Fast & Furiousfilmi premyerasida, London, Mart 2009
Kasbi Aktyor
Qarindoshlari Cody Walker (akasi)

Pol Uilyam Uolker IV (12-sentabr, 1973 — 30-noyabr, 2013) mashhur Amerikalik aktyor edi. Forsaj filmida oʻynagan Brayn O'Konner roli bilan tanilgan. Uolker karyerasini 1999-yilda yoshlar uchun moʻljallangan filmlarda suratga tushishdan boshladi. 2001-yilda suratga olingan Forsaj 1 filmidagi rolidan keyin u mashhurlikka erishdi. Dunyo tan olgan aktyor filmning keyingi 5 ta qismida ham oʻz rolini maromiga yetkazdi, lekin afsuski, 2013-yilda Forsaj 7 filmining suratga olish jarayoni tugallanmasidan oldin avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Pol Uolker oʻz faoliyatini 1980-yillarda bola roli orqali boshlagan, 1990-yillarda The young and the restless teleserialida suratga tushganidan soʻng eʼtirof etilgan; u oʻsmirlar uchun She's All That va Varsity Blues komediya-dramasidagi (ikkalasi ham 1999) ijrosi uchun maqtovga sazovor boʻldi va The Fast and the Furious (2001) filmida bosh rolni ijro etish orqali butun dunyoda shuhrat qozondi.

U shunungdek, tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli yoʻl trilleri Joy Rideda (2001) rol oʻynaydi va jangovar rollar yulduziga aylandi. Garchi Pol Eight Below sarguzasht filmidagi ijrosi va Flags of Our Fathers filmidagi Hank Hansen obrazi uchun maqtovga sazovor boʻlgan boʻlsada (ikkalasi ham 2006), Into the Blue (2005) va Running Scared (2006) filmidagi umidsizliklari bilan davom etdi. Ulardan tashqari, Uolker, asosan, kam byudjetli filmlarda namoyon boʻlgan, ammo tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlgan Takers (2010) filmida rol oʻynagan.

Uolker 2013-yil 30-noyabrda katta tezlikda ketayotgan mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotganida avtomobil toʻqnashuvi natijasida vafot etadi. Uning otasi va qizi Porsche ga alohida daʼvo arizalari qoʻzgʻatdi va bosdi-bosdi qilib ish yopildi. Oʻlimi vaqtida Uolkerning Forsaj 7dagi suratga olish ishlari yakunlanmagan edi; film Uolkerning oʻrnini uning ukalari Kodi va Kaleb toʻldirganidan keyin, qayta yozish va dublyajlardan soʻng chiqarildi, shuningdek, Wiz Khalifa va Charli Puzning "See You Again" qoʻshigʻi Pol Uolker xotirasiga bagʻishlab chiqarildi.

Yoshlik davri va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uolker 1973-yil 12-sentabrda Kaliforniyaning Glendeyl shahrida tugʻilgan. Uning onasi Sheril(asl ismi Krabtri) fotomodel boʻlgan va otasi Pol Uilyam Uolker III suv oqava pudratchisi va sobiq havaskor bokschi boʻlib, ikki karra Oltin qoʻlqoplar chempioni boʻlgan. Uolkerning otasi tomondan bobosi uilyam „irlandiyalik“ Billi Uolker sifatida qisqa muddatli biks karyerasiga ega boʻlgan, boshqa biri esa 1960-yillarda Ford uchun zavod avtomobillarida poyga oʻynagan.

Iso Masihning Oxirgi zamon Avliyolari cherkovi aʼzosi sifatida tarbiyalangan Polning toʻrtta ukasi bor edi: Aimee, Ashlie, Caleb va Cody. U bolaligining asosiy qismini Los-Angelesdagi Sunlend mahallasida oʻtkazgan va 1991-yilda Qishloq xristian maktabini tamomlaydi. Uolker keyinchalik Janubiy Kaliforniyadagi bir necha kollejlarda dengiz biologiyasi sohasi boʻyicha tahsil oladi.

Kasbiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uolker oʻzining modellik karerasini bolaligida boshlagan, u ikki yoshida Pampers televizion reklama roligida paydo boʻlgan. U reklama roliklarida, ayniqsa 1984-yilda Showbiz Pizza uchun, oʻsha yili televizion aktyorlik karerasini boshlashdan oldin, CBS oʻsmirlar antologiyasi Schoolbreak Special serialida paydo boʻldi. Uolker 1996-yilgacha bir nechta janrlarda televideniyeda ishlashni davom ettirdi; 1984 va 1986-yillar oraligʻida u "Highway to Heaven fantastik dramasining ikkita epizodida rol oʻynadi va 1987-yilda Throb sitcomida Jeremi Bitti rolida oʻzining birinchi bosh rolini ijro etdi. U 1990-yillarning boshlarida sitkomlarda Charles in Charge, Who's the Boss? filmidagi mehmon rollari bilan va qisqa umr koʻrgan What a Dummy larda rol ijro etishda davom etdi. 1993-yilda u The Young and the Restless serialida Brandon Kollinz rolini oʻynadi; u va uning Viktoriya Nyuman rolini ijro etgan hamkasbi Heather Tom shuhrat qozondi va Serialda suratga tushgan eng yaxshi aktyor va aktrisa nominatsiyasida Yoshlar mukofotiga nomzod boʻldi. Uolkerning soʻnggi televizion roli Touched by an Angel filmida boʻlgan, garchi 1988-yilda u singlisi Eshli bilan birga I'm Telling! oʻyin shousining epizodida paydo boʻlgan va ular ikkinchi oʻrinni egallagan.