Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Pechak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pechak (Convolvulus L.) — pechakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik chirmashuvchi yoki ilashib oʻsuvchi oʻsimliklar turkumi, begona oʻt. 250 dan ortiqturi bor. Uzbekistonda 5 turi — dala pechagi yoki qoʻypechak (C.arvensis), soxtakantabrik Pechak yoki oq partak (C.pseudocantabrica Schrenk.), chimyon pechagi (C.tschimganicus), qalami Pechak yoki chumchuqoyoq (C.lineatus), da-gʻal tukli Pechak yoki mingbosh (C.subhirutus) uchraydi. Ulardan Oʻzbekistonning barcha hududlarida oʻsadigan dala pechagi yoki qoʻypechak turi dala ekinlari orasida, shuning-dek, yoʻl yoqalari, kanallar boʻylarida kup uchraydi.

Yoʻqotish qi-yin boʻlgan begona oʻt hisoblanadi. Barglari yoysimon yoki nayzasimon. Gullari toʻgʻri, kar-naysimon, ikki jinsli, yirik, uz. 6—7 sm, kosabarglari 5 ta, tu-tashmagan. Mevasi koʻsakcha, iyunoktyabrda gullab urugʻlaydi. Il-diz bachkilari va urugʻidan koʻpayadi, bir oʻsimlik unish qobiliyatini 2 yilgacha saqlaydigan 400—600 urugʻ beradi. Kurash choralari: kuzdayerni chu-qur shudgorlash, ildiz bachkilarini kultivatorlar, lushchilniklar bilan maydalash, don ekinlari maydonlariga 2,4 D, makkajoʻxorizorlarga simazin gerbitsidlarini purkash.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil