Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Penelope Lively

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


 

Dame Penelope Margaret Lively (qizlik familyasi Low; 1933-yil 17-martda tugʻilgan)[1] — bolalar va kattalar uchun moʻljallangan fantastik asarlar yaratgan ingliz yozuvchisi. Lively 1987-yilda Buker mukofotini („Moon Tiger“) va 1973-yilda Britaniya bolalar adabiyoti uchun Karnegi medalini („Tomas Kempe sharpasi“ medalini) qoʻlga kiritdi.

Bolalarga bagʻishlangan fantastik asarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lively avval bolalar fantastikasiga bagʻishlangan asarlar bilan muvaffaqiyatga erishdi. Uning birinchi kitobi „Astercote“ 1970-yilda Heinemann nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Bu oʻrta asrga tegishli Cotswolds qishlogʻi va undan uzoq boʻlmagan oʻrmonzorning oʻlat tufayli yoʻq boʻlib ketishi haqidagi fantastik romanidir[1].

Lively bolalar uchun yigirmadan ortiq kitoblarni nashr etdi. Ayniqsa "The Ghost of Thomas Kempe" va "A Stitch in Time"[2] asarlari alohida eʼtirofga sazovor boʻldi[1]. „The Ghost of Thomas Kempe“ asari uchun u 1973-yilda Kutubxona assotsiatsiyasining Karnegi medalini qoʻlga kiritdi va Britaniya mavzusi boʻyicha yilning eng yaxshi bolalar kitobi sifatida tan olindi. „A Stitch in Time" asari uchun u 1976-yilda Whitbread bolalar kitobi mukofotini qoʻlga kiritgan[3]. Uning keyingi uch romani taxminan 600, 300 va 100 yil oldingi mahaliy tarixni oʻz ichiga oladi. Asardagi voqealar Zamonlar aro sayohatga oʻxshaydi, ammo oʻtmishga sayohat qilishni nazarda tutmaydi[4].

Kattalarga bagʻishlangan fantastik asarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livelyning kattalar uchun yaratilgan ilk romani "The Road to Lichfield" 1977-yilda nashr etilgan va Buker mukofoti uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan[5]. U 1984-yilda „According to Mark“ asari bilan ham ushbu huddi mukofotga daʼvogar boʻlgan va nihoyat 1987-yilda Lively „Moon Tiger“ asari uchun Buker mukofotini qoʻlga kiritdi. Ushbu asar bir ayolning kasalxonada kechgan hayoti haqida hikoya qiladi. Livelyning barcha fantastik asarlarida boʻlgani kabi, „Moon Tiger“da ham xotiraning kuchiga, oʻtmishning bugungi kunga taʼsiriga, umumiy va shaxsiy oʻtmish oʻrtasidagi ziddiyatlarga katta eʼtibor berilishi bilan ajralib turadi. U xuddi shu mavzularni oʻzining badiiy boʻlmagan asarlarida, jumladan, “A House Unlocked” (2001) va “Oleander, Jacaranda: A Childhood Perceived” (1994) kabilarda Misrdagi bolaligi haqidagi xotiralarini yanada aniqroq tasvirlagan. Uning soʻnggi fantastik asari “Ammonites & Leaping Fish: A Life in Time” (oxirgi nomi “Dancing Fish and Ammonites: A Memoir”)[6] 2013-yilda chop etilgan.

Romanlar va qisqa hikoyalar bilan bir qatorda, Lively radio va televidenie ssenariylarini ham yozgan, radiodasturlarni taqdim etgan va turli gazeta va jurnallarga sharhlar va maqolalar ham yozgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lively 1957-yilda akademik va siyosiy nazariyotchi Jack Lively bilan turmush quradi[7]. Ularning bir oʻgʻil va bir qiz farzandi bor edi. Livelyning turmush oʻrtogʻi 1998-yilda vafot etgan[8]. Hozirda Lively Londonda yashaydi[9]. Uning uyida rasmlar, yogʻochdan ishlangan naqshlari va Misr kulolchilik buyumlari bor[7].

Lively Qirollik Adabiyot Jamiyatining aʼzosi boʻlgan. U, shuningdek,Britaniya doʻstlar kutubxonasining vitse-prezidenti[10]. Lively 1989-yilda adabiyot uchun qilgan xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi Ofitseri ordeni (OBE), 2001-yilda Britaniya Imperiyasi Qoʻmondoni ordeni (CBE) va 2012-yil Yangi yil bayramida Britaniya Imperiyasi ayol Qoʻmondoni ordeni (DBE) bilan mukofotlangan.

Lively Buker mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga ikki marta kiritilgan: oldin 1977-yilda oʻzining birinchi romani „The Road to Lichfield“ va keyin 1984-yilda „According to Mark“ romanlari uchun ushbu roʻyxatdan oʻrin olgan. U „Moon Tiger“ romani uchun 1987-yilda Buker mukofotiga sazovor boʻlan[9][11].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Dame Penelope Lively“. britannica.com. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  2. „Dame Penelope Lively“. britannica.com. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  3. „Costa Book Awards“ (29-dekabr 2009-yil). 2009-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
  4. A STITCH IN TIME by Penelope Lively | Kirkus Reviews (inglizcha). 
  5. The Man Booker Prize -fiction, 1977: The Shortlist: '...Peter Smart’s Confessions/ Great Granny Webster/ Shadows on our Skin/ The Road to Lichfield/ Quartet in Autumn' (Wayback Machine saytida 14-may 2019-yil sanasida arxivlangan) at themanbookerprize.com, Accessed 15 April 2018
  6. Dancing Fish and Ammonites: A Memoir first published October 10th 2013; Original Title: Ammonites and Leaping Fish: A Life in Time at goodreads.com, Accessed 24 April 2018
  7. 7,0 7,1 „'A Writer Writes': Penelope Lively's Fiction Defies the Test of Time“. Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
  8. Reeve, Andrew. „Obituary: Professor Jack Lively“. The Independent (30-oktabr 1998-yil). 25-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2019-yil.
  9. 9,0 9,1 „Penelope Lively“. penelopelively.co.uk. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
  10. „Friends of the British Library Annual Report 2006/07“. 2010-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2009-yil.
  11. Moon Tiger By Penelope Lively -Published by Deutsch Accolades: The Man Booker Prize 1987 Winner at themanbookerprize.com, Accessed 24 April 2018
  12. Beyond the Blue Mountains (1997) London: Viking ISBN 9780670869053
  13. Parker, Peter.. Ammonites and Leaping Fish, Penelope LIvely, review“ (21-oktabr 2013-yil).
Manba xatosi: <ref> tag with name "medal1973" defined in <references> is not used in prior text.