Pensiya jamgʻarmasi
Pensiya jamgʻarmasi - aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshi-radigan jamgʻarma. Dastlab Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 1991-yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlinmasi maqomida tu-zilgan. 1993-yil 4 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarma-siga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1996-yil 27 dekabrda "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisi-da"gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida tashkil etildi. 2001-yil 1-yanvardan Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ga aylantirildi.
Pensiya jamgʻarmasining asosiy vazifalari: fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga va ijtimoiy sugʻurtaga boʻlgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini toʻliq amalga oshirish; davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badal va ajratmalarni yigʻish va jamlash; "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" qonunga muvofiq pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishiga, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlash harajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash va boshqa Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar; vaqtincha mehnatga layoqat-sizlik nafaqalari, shu jumladan, homiladorlik va tugʻish nafaqasi; bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar; dafn marosimi nafaqalari; qonun hujjatlariga muvofiq, Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa toʻlovlarberiladi. Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxo-nalar, muassasalar va tashkilotlarning sugʻurta badallari (37,3%), fuqarolarning ish haqidan majburiy sugʻurta badallari (2,5%), shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklari aʼzolardan qonunda belgilangan miqdorda; mulkchilik shakllaridan qati nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning amaldagi 0,7 % miqdorida majburiy ajratmalari summalaridan va boshqa qonunda belgilangan ajratmalardan shakllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasining jami daromadlari 480748349,38 ming soʻmni, jami harajatlar 477988271,96 ming soʻmni, davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunga asosan, pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2905976 kishini tashkil etadi (2003; 1-yanvar). Respublika Pensiya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boʻlimlari va 213 ta tuman va shahar shoʻʼbalari bor (2003).
Norsoat Allayev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |