Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Philip Kotler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filip Kotler (inglizcha: Philip Kotler; tugʻ.1931-yil 27-may, Chikago, AQSh) — amerikalik iqtisodchi va marketolog. Shimoli-gʻarbiy universiteti Kellogg menejment maktabi xalqaro marketing professori[1].

Fillipning ota-onasi Rossiya imperiyasida Ukraina hududida yashagan va 1917-yil inqilobidan keyin ular AQShga hijrat qilishgan[2].

1953-yilda Chikago universitetida iqtisod bo‘yicha magistr darajasini oldi, 1956-yilda esa Massachusets texnologiya institutida iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi[3].

Marketing va menejment boʻyicha koʻplab kitoblar, yetakchi jurnallar uchun 100 dan ortiq maqolalar muallifi. Uning asosiy xizmati shundaki, u ilgari butunlay boshqa fanlarga tegishli boʻlgan marketing haqidagi barcha bilimlarni bir joyga jamlagan va tizimlashtirgan. Aytishimiz mumkinki, u birinchi boʻlib marketingni alohida mutaxassislik sifatida ajratgan. Uning 2009-yil uchun „Marketing asoslari“ kitobi 9 marta qayta nashr etilgan va marketing uchun oʻziga xos „Injil“ dir. Uning darsliklari 20 tilda 3 milliondan ortiq nusxada nashr etilgan va dunyoning 58 mamlakatida marketing bibliyasi sifatida eʼtirof etilgan[4].

Filip Kotler marketingga qoʻshgan ulkan hissasi uchun koʻplab unvon va mukofotlarga ega[5].

„Journal of Marketing“ uchun eng yaxshi maqola uchun yillik „Alpha Kappa“ mukofotiga uch marta sazovor boʻlgan yagona muallif[6].

U Stokgolm universiteti, Tsyurix universiteti, Afina iqtisodiyot maktabi, DePaul universiteti va Krakov iqtisodiyot maktabining faxriy doktori unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, 2014-yil 13-martda unga Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining faxriy doktori unvoni berildi[7].

Filip Kotlerning Milton va Nil ismli ikkita ukasi bor[8]. Filipp 1955-yilda Nensi Kellum bilan turmush qurgan. Ularning Emi, Melissa va Jessika ismli uchta qizi hamda to‘qqiz nevarasi bor[9].